{"id":24690,"date":"2026-10-09T14:33:12","date_gmt":"2026-10-09T09:33:12","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24690"},"modified":"2026-10-09T14:33:22","modified_gmt":"2026-10-09T09:33:22","slug":"%d0%b2-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%84%d0%be%d1%80%d1%83%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d1%83%d1%80%d0%be%d1%87%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%b2-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%81%d1%82%d0%be%d1%8f%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%84%d0%be%d1%80%d1%83%d0%bc-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d1%83%d1%80%d0%be%d1%87%d0%b5%d0%bd.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda ayol fermerlarning agrooziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishdagi roli muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><strong><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Toshkent, 2026-yil 8-oktabr \u2014 <\/em><\/strong>Toshkentda Xalqaro qishloq ayollari kuni hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e\u2019lon qilingan 2026-yil \u2014 Xalqaro ayol fermerlar yili (IYWF 2026) munosabati bilan \u201cAyol fermerlar: ilm-fan, innovatsiyalar va agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasi\u201d mavzusida xalqaro forum bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbir ayol fermerlarning qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashdagi hissasini e\u2019tirof etish, ularning ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini kengaytirish masalalariga bag\u2018ishlandi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24692 alignright\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0378.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"332\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0378.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0378-300x240.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forumda davlat va jamoat tashkilotlari, xalqaro institutlar, ilmiy-tadqiqot va ta\u2019lim muassasalari vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, olimlar, qishloq xo\u2018jaligi mutaxassislari, ayol fermerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 150 nafar ishtirokchi qatnashdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Tadbir O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO), Germaniya taraqqiyot banki (KfW), Business &amp; Finance Consulting (BFC) GmbH kompaniyasi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), O\u2018zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, O\u2018zbekiston Fermerlari kengashi, \u201cAgrar soha ayollari\u201d uyushmasi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida tashkil etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2026-yilning Xalqaro ayol fermerlar yili deb e\u2019lon qilinishi ayollarning agrooziq-ovqat tizimlaridagi muhim o\u2018rnini e\u2019tirof etish va ular duch kelayotgan tizimli to\u2018siqlarga xalqaro e\u2019tiborni kuchaytirishga qaratilgan. FAO ushbu xalqaro yil doirasida ayollarning yer, moliyaviy resurslar, bilim, texnologiyalar va bozorlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligini mustahkamlash hamda ularning qishloq xo\u2018jaligidagi iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini oshirishga alohida e\u2019tibor qaratmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cAyol fermerlar oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirishda muhim o\u2018rin tutadi. Biroq ularning yer, moliyaviy resurslar, zamonaviy texnologiyalar va bozorlardan foydalanish imkoniyatlari hamon cheklangan. 2026-yil \u2014 Xalqaro ayol fermerlar yili ushbu muammolarga e\u2019tiborni kuchaytirish va amaliy yechimlarni ilgari surish uchun muhim imkoniyatdir. FAO ayol fermerlarning bilim va ko\u2018nikmalarini mustahkamlash, innovatsiyalardan foydalanishini kengaytirish hamda agrooziq-ovqat tizimlarida teng ishtirok etishini qo\u2018llab-quvvatlashga intiladi\u201d, \u2014 dedi Sherzod Umarov, FAOning O\u2018zbekistondagi vakili o\u2018rinbosari.<\/em><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24693 alignright\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0422.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"275\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0422.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0422-300x199.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/0H7A0422-120x80.jpg 120w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forumning asosiy muhokamalari ayol fermerlarning agrar ilm-fan, agrobiznes va qiymat zanjirlaridagi ishtirokini kengaytirish, iqlim o\u2018zgarishiga moslashish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashdagi rolini kuchaytirishga qaratildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cAyollar agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasining harakatlantiruvchi kuchi sifatida: gender tengligi, innovatsiyalar, iqlim o\u2018zgarishiga moslashish va barqaror rivojlanish\u201d mavzusidagi yalpi majlisda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, agrar tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yaxshilash masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mavzuli sessiyalarda agrar innovatsiyalar, meva-sabzavotchilik sohasida kichik va o\u2018rta biznesni rivojlantirish imkoniyatlari hamda barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirishda ayol fermerlarning ishtiroki muhokama qilindi. Ishtirokchilar o\u2018zaro tajriba almashib, ayollar tadbirkorligini qo\u2018llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini qishloq xo\u2018jaligi amaliyotiga tatbiq etish va ishlab chiqaruvchilar bilan ilmiy muassasalar o\u2018rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cBiz, ayol fermerlar uchun eng muhimi \u2014 yetishtirayotgan mahsulotimiz sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni o\u2018rganish va mahsulotlarimizni bozorlarga olib chiqish imkoniyatiga ega bo\u2018lishdir. <\/em><em>Buning uchun bilim, moliyaviy ko\u2018mak va mutaxassislar bilan hamkorlik zarur. Bunday forumlar boshqa fermerlarning tajribasini o\u2018rganish, yangi hamkorlar topish va o\u2018z xo\u2018jaligimizda qo\u2018llash mumkin bo\u2018lgan innovatsion yechimlar bilan tanishish imkonini beradi\u201d, \u2014 dedi FAOning \u201cAgrooziq-ovqat tizimlari va qishloq hududlarini rivojlantirishdagi 100 nafar qahramon ayol\u201d ro\u2018yxatiga kiritilgan o\u2018zbekistonlik fermer, forum ishtirokchisi Masturaxon Sayfutdinova.<\/em><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forum doirasida tashkil etilgan ko\u2018rgazmada ayol fermerlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, agrar innovatsiyalar va startaplar namoyish etildi. Ko\u2018rgazma ishtirokchilarga o\u2018z mahsulotlarini taqdim etish, tajriba almashish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o\u2018rnatish va istiqbolli hamkorlik yo\u2018nalishlarini muhokama qilish imkonini berdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, tadbir davomida \u201cYilning eng yaxshi ayol fermeri \u2013 2026\u201d respublika tanlovi g\u2018olibalarini taqdirlash marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi. Tanlov orqali ayol fermerlarning qishloq xo\u2018jaligi ishlab chiqarishidagi yutuqlari, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish borasidagi tashabbuslari va qishloq hududlarini rivojlantirishga qo\u2018shayotgan hissasi e\u2019tirof etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forum yakunida ayol fermerlarning agrar ilm-fan va innovatsiyalardagi ishtirokini kengaytirish, iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash hamda bilim va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini yaxshilashga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Deklaratsiyada ayollar agrar tadbirkorligini qo\u2018llab-quvvatlash, ilmiy muassasalar va ishlab chiqaruvchilar o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini shakllantirish ustuvor yo\u2018nalishlar sifatida belgilandi. Hujjat ushbu sohalarda milliy va xalqaro hamkorlikni davom ettirish uchun asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Xalqaro qishloq ayollari kuni va Xalqaro ayol fermerlar yili doirasida o\u2018tkazilgan forum ayol fermerlarning agrooziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishdagi ishtirokini kengaytirish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash va ilm-fan hamda innovatsiyalar orqali qishloq xo\u2018jaligining barqaror rivojlanishini qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo\u2018ldi.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24697\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-10-08_11-02-12.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"467\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-10-08_11-02-12.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-10-08_11-02-12-300x169.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2026-10-08_11-02-12-768x432.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Toshkentda Xalqaro qishloq ayollari kuni va Xalqaro ayol fermerlar yili munosabati bilan forum o\u2018tkazildi","protected":false},"author":1,"featured_media":24691,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24690","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24690","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24690"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24703,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24690\/revisions\/24703"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24691"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}