{"id":24704,"date":"2026-10-16T12:29:16","date_gmt":"2026-10-16T07:29:16","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24704"},"modified":"2026-10-16T12:29:26","modified_gmt":"2026-10-16T07:29:26","slug":"%d0%bc%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b4%d1%91%d0%b6%d1%8c-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d0%b5%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%bd%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%bc%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b4%d1%91%d0%b6%d1%8c-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%81%d0%b5%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%bd%d0%be%d0%bc-%d0%bf%d1%80.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston yoshlari Butunjahon oziq-ovqat forumida: xalqaro muloqot, tajriba va yangi tashabbuslar"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Rim, Italiya, 15-oktabr 2026-yil \u2014<\/strong> Italiyaning Rim shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida Butunjahon oziq-ovqat forumi \u2014 2026 bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Forum yoshlar, mutaxassislar va hamkorlarni barqaror, inklyuziv va iqlim o\u2018zgarishiga chidamli agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish yo\u2018lida birlashtirmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forumda FAOning O\u2018zbekistondagi vakili o\u2018rinbosari Sherzod Umarov boshchiligida mamlakatdagi bir qator davlat tashkilotlari xodimlari, yosh mutaxassislar va WFF O\u2018zbekiston milliy yoshlar platformasi vakillari ishtirok etdi. Ular agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga bag\u2018ishlangan xalqaro muhokamalarda qatnashib, milliy tajriba va tashabbuslarni taqdim etdilar hamda boshqa mamlakatlar vakillari bilan tajriba almashdilar.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forum doirasidagi Global yoshlar forumi ochilish marosimida 35 ta yangi milliy yoshlar platformasi faoliyati rasman yo\u2018lga qo\u2018yilib, ularning vakillariga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda WFF tarmog\u2018i dunyo bo\u2018ylab 100 dan ortiq milliy platformani birlashtirgani qayd etildi. Forum davomida turli mamlakatlarning yoshlar yetakchilari, jumladan, WFF O\u2018zbekiston milliy yoshlar platformasi koordinatori Shovkat Xoldorov oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror qishloq xo\u2018jaligi va iqlimga oid mahalliy tashabbuslar bo\u2018yicha tajriba almashib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;O\u2018zbekiston WFF milliy yoshlar platformasi 2025-yilda tashabbuskor yoshlar taklifi asosida, FAOning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda hamda Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi va hamkor tashkilotlar ko\u2018magida tashkil etilgan. U Markaziy Osiyodagi ilk WFF milliy yoshlar platformasi hisoblanadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forum doirasida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy vakolatxonalari yosh chorvadorlar kelajagiga bag\u2018ishlangan mintaqalararo muloqot tashkil etdi. Unda O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Mo\u2018g\u2018uliston, Nepal va Butanning WFF milliy yoshlar platformalari vakillari milliy maslahatlashuvlar natijalarini taqdim etib, chorvador jamoalarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha siyosiy tavsiyalar, hamkorlik va investitsiya imkoniyatlarini muhokama qildilar.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24709 alignleft\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1792.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"369\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1792.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1792-300x267.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Muloqotda Xalqaro qishloq xo\u2018jaligi universitetining Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi bosh mutaxassisi Axmadjon Nurullayev O\u2018zbekiston vakili sifatida ishtirok etib, milliy maslahatlashuvlar natijalarini taqdim etdi. Unga ko\u2018ra, so\u2018rovnomada qatnashgan yosh chorvadorlarning 71 foizi mahsuldorlik pasayganini, 58 foizi esa chorva mollarining nobud bo\u2018lishi bilan bog\u2018liq yo\u2018qotishlarga duch kelganini bildirgan. Suv, veterinariya xizmatlari va bozorlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi respondentlarning qariyb 70 foizi uchun jiddiy to\u2018siq sifatida qayd etilgan. Shuningdek, iqlim o\u2018zgaruvchanligi, chorva bilan mavsumiy ko\u2018chib yurishdagi cheklovlar, yaylovlardan foydalanish huquqlarining yetarlicha kafolatlanmaganligi hamda yer va moliyaviy resurslardan foydalanishdagi qiyinchiliklar yosh chorvadorlarning daromadlari va faoliyati barqarorligiga ta\u2019sir qilayotgani ta\u2019kidlangan.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Ushbu muammolarga javoban O\u2018zbekiston vakili yosh chorvadorlarni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan mintaqaviy dastur ishlab chiqishni taklif etdi. Taklif jamoalar ishtirokida yaylovlardan foydalanish rejalarini ishlab chiqish, yaylovlardan foydalanish huquqlari va mavsumiy ko\u2018chish imkoniyatlarini mustahkamlash, suv, veterinariya xizmatlari hamda moliyalashtirishdan foydalanishni yaxshilashni qamrab oladi. Shuningdek, yosh ayollar va erkaklarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi rasmiy ishtirokini ta\u2019minlaydigan milliy pilot tashabbuslarni amalga oshirish taklif qilindi. Qurg\u2018oqchilikka oid ma\u2019lumotlar almashinuvi va yaylovlar holatini monitoring qilish bo\u2018yicha mintaqaviy hamkorlik ushbu choralarni qo\u2018llab-quvvatlashi ko\u2018zda tutilmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Forum doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi qishloq xo\u2018jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov FAOda stajirovka o\u2018tayotgan o\u2018zbekistonlik yoshlar bilan ham uchrashdi. Muloqotda xalqaro tajriba va bilimlarni O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi amaliyotiga tatbiq etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o\u2018zgarishiga moslashish, innovatsiyalarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Vazir yosh mutaxassislarni ilg\u2018or yechimlarni o\u2018rganish, ularni mamlakat sharoitiga moslashtirish va agrar sohani rivojlantirishga hissa qo\u2018shishga chaqirdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Mintaqalararo muloqot BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e\u2019lon qilingan 2026-yil \u2014 Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili doirasidagi sa\u2019y-harakatlarga hamohangdir. FAO yetakchiligida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus yaylovlar va chorvador jamoalarning oziq-ovqat xavfsizligi, biologik xilma-xillikni saqlash va iqlim o\u2018zgarishiga chidamlilikdagi hissasiga e\u2019tibor qaratadi. Yoshlar taqdim etgan tavsiyalar ushbu yo\u2018nalishlarda milliy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun asos bo\u2018lib xizmat qilishi mumkin.<\/div>\r\n<div>&nbsp;<\/div>\r\n<div><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-24708\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1802.jpg\" alt=\"\" width=\"830\" height=\"581\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1802.jpg 830w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1802-300x210.jpg 300w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/IMG_1802-768x538.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 830px) 100vw, 830px\" \/><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Italiyaning Rim shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida Butunjahon oziq-ovqat forumi \u2014 2026 bo\u2018lib o\u2018tmoqda","protected":false},"author":1,"featured_media":24705,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24704","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24704","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24704"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24704\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24711,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24704\/revisions\/24711"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24705"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24704"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24704"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24704"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}