{"id":24712,"date":"2026-10-18T12:40:20","date_gmt":"2026-10-18T07:40:20","guid":{"rendered":"https:\/\/evu.uz\/?p=24712"},"modified":"2026-10-18T12:40:26","modified_gmt":"2026-10-18T07:40:26","slug":"%d0%bc%d0%b0%d1%81%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b0%d1%85%d0%be%d0%bd-%d1%81%d0%b0%d0%b9%d1%84%d1%83%d1%82%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0-%d0%b8%d0%b7-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/evu.uz\/uz\/novosti\/%d0%bc%d0%b0%d1%81%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b0%d1%85%d0%be%d0%bd-%d1%81%d0%b0%d0%b9%d1%84%d1%83%d1%82%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0-%d0%b8%d0%b7-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonlik Masturaxon Sayfutdinova FAOning 100 nafar qahramon ayoli qatorida taqdirlandi"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;<strong>Rim, Italiya, 2026-yil 16-oktabr<\/strong> \u2014 O\u2018zbekistonlik fermer va tadbirkor, \u201cQuva anori\u201d agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfutdinova FAOning \u201cAgrooziq-ovqat tizimlari va qishloq taraqqiyotidagi 100 nafar qahramon ayol\u201d global tashabbusi doirasida taqdirlandi. Taqdirlash marosimi 15-oktabr kuni Butunjahon oziq-ovqat forumi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti (FAO)ning Rimdagi bosh qarorgohida bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;2026-yil \u2014 Xalqaro ayol fermerlar yili munosabati bilan yo\u2018lga qo\u2018yilgan tashabbus qishloq xo\u2018jaligi, agrooziq-ovqat tizimlari va qishloq taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u2018shayotgan ayollarning mehnati, yetakchiligi va innovatsion yondashuvlarini e\u2019tirof etadi. Masturaxon Sayfutdinova ushbu tashabbus doirasida ilk bor taqdirlangan 100 nafar ayol safidan o\u2018rin oldi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sayfutdinovaning faoliyati O\u2018zbekistonda mevachilik, ayniqsa, anorchilikni rivojlantirish bilan chambarchas bog\u2018liq. Uning rahbarligida \u201cQuva anori\u201d agrofirmasida zamonaviy yetishtirish usullarini joriy etish, bog\u2018larni kengaytirish hamda hosil yig\u2018ib olingandan keyingi infratuzilmaga sarmoya kiritishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Bu yondashuv mahsulot yo\u2018qotishlarini kamaytirish, sifatni saqlash va bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Uning tashabbuslari bog\u2018dorchilikdagi qiymat zanjirlarini mustahkamlash, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va O\u2018zbekiston meva mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirishga hissa qo\u2018shmoqda. Iqlimga chidamli ishlab chiqarish amaliyotlarini rivojlantirish esa xo\u2018jalik faoliyatining uzoq muddatli barqarorligini ta\u2019minlashda muhim o\u2018rin tutadi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-24716 alignright\" src=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/UF1DEFH-12434m_4732.jpg\" alt=\"\" width=\"415\" height=\"388\" srcset=\"https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/UF1DEFH-12434m_4732.jpg 415w, https:\/\/evu.uz\/wp-content\/uploads\/UF1DEFH-12434m_4732-300x280.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 415px) 100vw, 415px\" \/>&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201cOddiy fermer ayol sifatida bugun Rimda, FAO bosh qarorgohida turganimga hali ham ishona olmayapman. Mehnatimga berilgan yuksak e\u2019tirof uchun FAOga chin dildan minnatdorman. Bu men uchun katta quvonch, shu bilan birga, faoliyatimni davom ettirish va tajribamni boshqa fermerlar bilan bo\u2018lishish uchun kuchli rag\u2018batdir.<\/em><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Bu marosimda kundalik mehnati ko\u2018pincha ko\u2018zga tashlanmaydigan, ammo oilasi va qishlog\u2018i hayotida muhim o\u2018rin tutadigan ayollarning e\u2019tirof etilishi meni ayniqsa ta\u2019sirlantirdi. Dalada mehnat qilayotgan, mahsulot yetishtirayotgan va yangi ish o\u2018rinlari yaratayotgan ayollarning tajribasi xalqaro miqyosda qadrlanishi biz, fermer ayollar uchun juda katta ahamiyatga ega.<\/em><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\"><em>&nbsp; &nbsp; &nbsp;Shuningdek, faoliyatimizni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun O\u2018zbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ushbu e\u2019tirof menga yanada katta mas\u2019uliyat yuklaydi\u201d, \u2014 dedi \u201cQuva anori\u201d agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfutdinova.<\/em><\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Sayfutdinovaning faoliyati tadbirkorlik bilan cheklanmaydi. U nashrlar, fermerlar uchun o\u2018quv mashg\u2018ulotlari va ustozlik orqali o\u2018z bilim hamda tajribasini boshqalar bilan bo\u2018lishib kelmoqda. Bu ishlar fermerlarning zamonaviy agrotexnologiyalarni o\u2018zlashtirishi va amaliyotga tatbiq etishiga ko\u2018maklashib, tarmoq rivojiga xizmat qilmoqda.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;FAO Masturaxon Sayfutdinovaning yetakchiligi, fidoyiligi hamda agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga qo\u2018shgan amaliy hissasini e\u2019tirof etdi. Uning qishloq aholisi turmush sharoitini yaxshilash, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va kelajak avlodlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi faoliyati alohida qayd etildi.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;\u201c100 nafar qahramon ayol\u201d tashabbusi doirasida agrooziq-ovqat qiymat zanjirlarining turli bosqichlarida faoliyat yuritayotgan ayollar taqdirlandi. Ular orasida bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirayotgan, an\u2019anaviy bilimlarni asrayotgan, tabiiy resurslarni muhofaza qilayotgan hamda qishloq aholisi uchun ish va ta\u2019lim olish imkoniyatlarini yaratayotgan ayollar bor.<\/div>\r\n<div style=\"text-align: justify;\">&nbsp; &nbsp; &nbsp;Masturaxon Sayfutdinovaning xalqaro miqyosda e\u2019tirof etilishi O\u2018zbekiston ayollarining qishloq xo\u2018jaligidagi tajribasi, tadbirkorlik salohiyati va yetakchiligini yoritadi. Uning faoliyati bilim, innovatsiya va tajriba almashish orqali yanada samarali, inklyuziv, bardoshli va barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga qo\u2018shilayotgan amaliy hissani namoyon etadi.<\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"Xalqaro e\u2019tirof uning anorchilikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va qishloq aholisi uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga qo\u2018shgan hissasini yoritmoqda","protected":false},"author":1,"featured_media":24713,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"ngg_post_thumbnail":0,"footnotes":""},"categories":[43],"tags":[],"class_list":["post-24712","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-novosti"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24712","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=24712"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24712\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":24718,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/24712\/revisions\/24718"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/24713"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=24712"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=24712"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/evu.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=24712"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}