17 Iyun, Namangan shahri. Bugun O’zbekistonning BMTning oziq-ovqat tizimlari bo’yicha sammitiga tayyorgarligi doirasida Ikkinchi submilliy dialog bo’lib o’tdi. Ushbu dialog O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) manfaatdor vazilriklar va davlat idoralari, shuningdek xalqaro va jamoat tashkilotlari va hususiy korhonalar vakillari ishtirokida o’tkazildi.
Oziq-ovqat tizimlarining xavfsizligi inson salomatligi, atrof-muhit va iqtisodiy va madaniy rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat tizimlari sammitining dialoglarida ishtirok etishga ko’plab manfaatdor tashkilotlar, faol yoshlar va fermer xo’jaliklari ishchilaridan tortib, akademiklar va korxona rahbarlariga qadar taklif qilindi. Ushbu jarayon ishtirokchilari mamlakatda oziq-ovqat ta’minoti tizimini takomillashtirish bo’yicha uzoq muddatli echimlarni yaratishning eng samarali usullarini aniqlashga chorlaydi.
Bo’lib o’tgan dialog doirasida ishtirokchilar mintaqaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mamlakatdagi oziq-ovqat tizimlarini o’zgartirish bo’yicha, shuningdek mavjud farqlarni bartaraf etish bo’yicha qo’shma harakatlar to’g’risida fikr almashdilar. Shuningdek, manfaatdor tomonlar o’rtasida yaqin hamkorlik zarurligi bir necha bor ta’kidlangan.
Shuni aytish joizji, 9 iyun kuni Nukusda birinchi submilliy muloqot bo’lib o’tdi, unda mintaqaviy darajadagi oziq-ovqat tizimlari masalalari ham muhokama qilindi. Unda Qoraqalpog’istonning mahalliy ishlab chiqaruvchilari tomonidan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga to’sqinlik qiladigan asosiy muammolar aniqlandi.
O’zbekistonda «Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi» va yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan moliyaviy ko’mak ajratish, qulay sharoit yaratish investitsiyalarni jalb qilish muhiti, qishloq xo’jaligi faoliyatining zamonaviy formatlarini, xususan klasterlar va kooperativ tuzilmalarni rivojlantirishga qarstilgan qonun hujjatlari qabul qilingan.
Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammitga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha BMTga a’zo davlatlar tomonidan o‘tkaziladigan dialoglardan kutilgan natijalar 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibiga muvofiq barqaror milliy oziq-ovqat tizimlarini rivojlanish rejasini metodologiyalar, tamoyillari va qoidalari, harakatlari, sheriklik va majburiyatlari orqali amalga oshirish dasturini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
«Oziq-ovqat tizimlari inson hayotining barcha jabhalariga ta’sir qiladi. Shuni eslatib o’tmoqchimanki, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish FAO vakolatiga kiradi va odamlarning faol va sog’lom hayot kechirishlari uchun yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan doimiy foydalanishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bizning asosiy vazifamiz ovqatlanish, qishloq xo’jaligi mahsuldorligi va qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash va global iqtisodiy o’sishga hissa qo’shishdan iborat”. – ta’kidladi FAOning O’zbekistondagi valkili o’rinbosari Sherzod Umarov.
“Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, O’zbekiston birinchilardan bo’lib o’z sammitini, shuningdek milliy muloqotlarni o’tkazishni qo’llab-quvvatlagan va qo’llab-quvvatlagan davlatlardandir! Sammitning eng muhim yutuqlaridan biri bu dunyo oziq-ovqat ishlab chiqarish, iste’mol qilish va fikrlash tarzini o’zgartirish uchun barchamiz birgalikda ishlashimiz kerakligini anglashga undash bo’ladi. Ushbu sammit hamma uchun mo’ljallangan va oziq-ovqat tizimini o’zgartirish uchun barcha harakatlarni talab qiladigan echimlarni topishga qaratilgan”. – dedi Bakhadur Paluaniyazov, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasining Atrof-muhitva va iqlimiy harakati klaster rahbari.
Kuzda o‘tkaziladigan Global Sammit Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha progressga erishishga qaratilgan harakatlarning debochasiga aylanishi kutilmoqda, ularning har biri ma’lum darajada yanada sog‘lom, barqaror va adolatli ishlaydigan oziq-ovqat tizimlariga bog‘liq bo‘lib, beshta maqsadni ko‘zlaydi: Barcha xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatga ega bo‘lishini ta’minlash; Oqilona iste’molga o‘tish; Ekologik oqilona ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; Teng yashash sharoitlarini targ‘ib qilish; Zaiflik, zarbalar va stresslarga qarshi tura olishni ta’minlash.