Investitsion transformatsiya

Xalqaro kapital bozoriga intеgratsiyalashish orqali xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish mеxanizmlarini takomillashtirish

1/2026

 
     Jahon iqtisodiyotining hozirgi globallashuvi hamda xalqaro geosiyosiy maydondagi vaziyat­larning taranglashuvi sharoitida yuqori marralarga erishish va barqa­ror moliyaviy resurslarga ega bo‘lish juda muhim omil sanaladi.
     Qisqa muddatlarda amalga oshi­rilishi rejalashtirilgan asosiy strategik vazifalar qatorida mamlakat farovon­ligi va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashning asosiy omillaridan hisoblangan iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish orqali yana­da kuchaytirish, uning raqobatbar­doshligini oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosiy o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotni modernizat­siyalash va diversifikatsiya qilish, chet el investitsiyalari hamda sarmoyalari­ni jalb qilish natijasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularda boshqarish uslublarini takomillashti­rish, ya’ni xalqapo biznes yuritish tartib-tamoyillapini jopiy etish alohi­da ahamiyatga molik masala hisob­lanadi.
     Ayni paytda respublikamizdagi yirik kopxonalar aksiyadorlik jamiyat­lariga aylanti­rilib, koppopativ bosh­qa­ruv usullapi joriy etilayotgan xo‘ja­lik yurituvchi subyektlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Bu iqtisodiyot­ning jadal sur’atlarda rivojlanishi, sanoat salohiyatining oshishi, yuqori texnologiyali tarmoqlarning o‘zlashti­rilishi, boshqacha aytganda, mamla­katimiz iqtisodiyotining turli tarmoq­larida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatbar­doshligi oshishiga xizmat qilmoqda.
     Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda zamonaviy boshqaruv texnologiya­larini joriy etishni rahbarlar tomoni­dan stpategik qarorlar qabul qilishi uchun asos bo‘ladigan tegishli tahli­liy hicob ma’lumotlapini yig‘ish, qay­ta ishlash va tezkor tarzda taqdim etish mexanizmini joriy qilmasdan amalga oshirib bo‘lmasligi ma’lum.
     Ta’kidlash joizki, dunyo hamja­miyatida globallashuv jarayonining jadallashuvi, dunyo mamlakatlari iq­tisodiyoti rivojlanishining barqaror emasligi va xalqaro miqyosdagi xavf-xatarlarning ortib borishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘r­satmoqda.
     Mamlakatning iqtisodiy rivojla­nish darajasi investitsiya faoliyati ta­raqqiyotiga, uning o‘zi esa investit­siya muhitiga bevosita bog‘liq. Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodi­yotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi muhimdir. Negaki mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lsagina o‘sha davlat iqti­sodiyotiga investitsiya qo‘yilishi mum­kin. Investitsiya muhitining jozibador­ligi xorijiy investitsiyalar oqimi­ni ko‘­pay­tirishning muhim omili hisoblanadi.
     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2025-yil 21-apreldagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxona­larni xalqaro bozorlarda xususiylash­tirish to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli qa­rorida davlat ishtirokidagi yirik kor­xonalar va tijorat banklarining fao­liyati samaradorligini oshirish va ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalar jalb etilishi belgilangan.
     Bugungi kunda “NKMK” AJ to­mo­nidan xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashish hamda hamkor­likni rivojlantirish bo‘yicha qator ish­lar amalga oshirib kelinmoqda. “NKMK” AJda ESG (Environmental, Social and Governance – ekologiya, ijtimoiy si­yo­sat va korporativ bosh­qaruv) kabi xalqaro standartlarini joriy etish bo‘­yicha xalqaro konsul­tantlar bilan amaliy ishlar olib boril­moqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda bevosita xalqaro standart­larning joriy etilishi ham alohida aha­miyatga ega.
     Joriy yil yanvar oyida “NKMK” AJga “Sustainable Fitch” xalqaro rey­ting agentligi tomonidan ilk bor kor­porativ ESG reytingi berildi. Bu kom­binat faoliyatini barqaror rivojlanish tamoyillari asosida hamda investorlar ishonchini oshirish va uzoq muddatli istiqbolda ishonchli rivojlanishi aso­siy shartidir.
     ESG tamoyillarini joriy etgan kompaniyalar yuqori shaffoflikni ta’­minlash ustida ish olib boradi. Nati­jada kompaniya keng omma, manfa­atdor tomonlar uchun ochiq, isho­narli va prognoz qilish mumkin bo‘l­gan holatga keladi. Bunday kompa­niyalar bilan hamkorlik qilish inves­torlar uchun ham, mijozlar uchun ham yoqimli. Shaffof va ochiq faoli­yat ko‘rsatuvchi kompaniyalar sar­mo­yadorlar e’tiboriga tezroq tushadi.
     2024-yil oktabr oyida “NKMK” AJ tomonidan London fond birjasida ilk xalqaro korporativ obligatsiyalar muvofaqqiyatli joylashtirilgan edi, 2025 yil may oyida navbatdagi kor­porativ obligatsiyalarning ham mu­vo­faqqiyatli joylashtirilishiga erishildi. Bu o‘z navbatida, kombinatning jaxon arenasidagi o‘rni mustahkam­lanayotganligidan dalolatdir.
     Yuqorida qayd etilgan ijobiy nati­jalar albatta, “NKMK” AJning kelgu­sida jahon moliya bozorida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash va aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO, SPO)da muhim qadamlardan bo‘lib, xalqaro kapital bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlab beradi.
     Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti investitsiyalarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarga bevosita bog‘liq. Shu munosabat bi­lan jadal iqtisodiy islohotlar sharoi­tida mamlakatda qulay va jozibador bo‘lgan investitsiyaviy muhitni yara­tish, hududlarning investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini oshirish, in­vestitsiya faoliyatini barqaror rivoj­lantirish uchun zarur ijtimoiy, moliya­viy-iqtisodiy hamda huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish, respubli­kaga jalb qilinayotgan investitsiya­larning ko‘lamini oshirish, mamla­katda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish borasidagi muammolarni bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
     O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada xorijiy inves­torlarga turlicha moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilgan, bozor infratu­zilmasi shakllantirilmoqda.
     So‘nggi besh yildagi asosiy kapi­talga investitsiyalar hajmi deyarli 2,9 barobarga ko‘paydi. Ayniqsa, 2024 yilda eng yuqori o‘sish sur‛ati – 143,9 % kuzatilgan bo‘lsa, 2025 yilda o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil qildi. Investitsiya iqlimini yanada yaxshi­lashda quyidgilarga alohida ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir.
     – mulk dahlsizligini ta’minlash;
     – inves­torlar haq-huquqini hi­moya­lashni yanada oshirish;
     – bank foizi stavka­larini barqaror­lashtirish;
     – ma’muriy buyruqbozlik ho­latlariga chek qo‘­yish;
     – O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasi nufuzini va uning likvidliligini oshirish, xorijiy in­vestorlarni ularga jalb etish;
     – qim­matli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
     Iqtisodiyotning erkinlashuvi sha­roitida investitsiya faoliyatini moliya­lashtirishning ilmiy asoslangan iqti­sodiy mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarurati ku­chaymoqda. Mazkur mexanizm investitsiya faoliyatida ish yurituvchi korxonalarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ularning ishlab chiqarish dasturidagi belgilan­gan muddat va miqdordagi pul mab­lag‘lari bilan ta’minlashning muhim vositasi sifatida xizmat qilishi lozim. Bunda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, shu jumladan, qo‘shma korxonalar moliyalashtirish­ning bozor tamoyillariga asoslangan manbalaridan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlari zarur.
     Shuni alohida ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlarning tajriba­si, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy rivoj­lanishni ta’minlash yo‘lida mamlakat­ning investitsion muhitni sog‘lom­lashtirish borasida qabul qilgan qo­nunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o‘rganish, investitsiyalarni kengroq jalb yetish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamla­katning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi tavakkalchilikni pasaytirishga, mav­humlikni oldi olinishiga, yuqori sa­maradorlikni ta’minlashga olib keladi.
 
 
Ibodullo ORTIQOV, “NKMK” AJ Transformatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.