Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Jahon iqtisodiyotining hozirgi globallashuvi hamda xalqaro geosiyosiy maydondagi vaziyatlarning taranglashuvi sharoitida yuqori marralarga erishish va barqaror moliyaviy resurslarga ega bo‘lish juda muhim omil sanaladi.
Qisqa muddatlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy strategik vazifalar qatorida mamlakat farovonligi va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashning asosiy omillaridan hisoblangan iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish orqali yanada kuchaytirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosiy o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, chet el investitsiyalari hamda sarmoyalarini jalb qilish natijasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularda boshqarish uslublarini takomillashtirish, ya’ni xalqapo biznes yuritish tartib-tamoyillapini jopiy etish alohida ahamiyatga molik masala hisoblanadi.
Ayni paytda respublikamizdagi yirik kopxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilib, koppopativ boshqaruv usullapi joriy etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Bu iqtisodiyotning jadal sur’atlarda rivojlanishi, sanoat salohiyatining oshishi, yuqori texnologiyali tarmoqlarning o‘zlashtirilishi, boshqacha aytganda, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligi oshishiga xizmat qilmoqda.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etishni rahbarlar tomonidan stpategik qarorlar qabul qilishi uchun asos bo‘ladigan tegishli tahliliy hicob ma’lumotlapini yig‘ish, qayta ishlash va tezkor tarzda taqdim etish mexanizmini joriy qilmasdan amalga oshirib bo‘lmasligi ma’lum.
Ta’kidlash joizki, dunyo hamjamiyatida globallashuv jarayonining jadallashuvi, dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishining barqaror emasligi va xalqaro miqyosdagi xavf-xatarlarning ortib borishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faoliyati taraqqiyotiga, uning o‘zi esa investitsiya muhitiga bevosita bog‘liq. Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlarning yaratilishi muhimdir. Negaki mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo‘lsagina o‘sha davlat iqtisodiyotiga investitsiya qo‘yilishi mumkin. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-145-sonli qarorida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalar jalb etilishi belgilangan.
Bugungi kunda “NKMK” AJ tomonidan xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashish hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. “NKMK” AJda ESG (Environmental, Social and Governance – ekologiya, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruv) kabi xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro konsultantlar bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda bevosita xalqaro standartlarning joriy etilishi ham alohida ahamiyatga ega.
Joriy yil yanvar oyida “NKMK” AJga “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan ilk bor korporativ ESG reytingi berildi. Bu kombinat faoliyatini barqaror rivojlanish tamoyillari asosida hamda investorlar ishonchini oshirish va uzoq muddatli istiqbolda ishonchli rivojlanishi asosiy shartidir.
ESG tamoyillarini joriy etgan kompaniyalar yuqori shaffoflikni ta’minlash ustida ish olib boradi. Natijada kompaniya keng omma, manfaatdor tomonlar uchun ochiq, ishonarli va prognoz qilish mumkin bo‘lgan holatga keladi. Bunday kompaniyalar bilan hamkorlik qilish investorlar uchun ham, mijozlar uchun ham yoqimli. Shaffof va ochiq faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar sarmoyadorlar e’tiboriga tezroq tushadi.
2024-yil oktabr oyida “NKMK” AJ tomonidan London fond birjasida ilk xalqaro korporativ obligatsiyalar muvofaqqiyatli joylashtirilgan edi, 2025 yil may oyida navbatdagi korporativ obligatsiyalarning ham muvofaqqiyatli joylashtirilishiga erishildi. Bu o‘z navbatida, kombinatning jaxon arenasidagi o‘rni mustahkamlanayotganligidan dalolatdir.
Yuqorida qayd etilgan ijobiy natijalar albatta, “NKMK” AJning kelgusida jahon moliya bozorida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash va aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish (IPO, SPO)da muhim qadamlardan bo‘lib, xalqaro kapital bozorida munosib o‘rin egallashini ta’minlab beradi.
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti investitsiyalarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarga bevosita bog‘liq. Shu munosabat bilan jadal iqtisodiy islohotlar sharoitida mamlakatda qulay va jozibador bo‘lgan investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarning investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini oshirish, investitsiya faoliyatini barqaror rivojlantirish uchun zarur ijtimoiy, moliyaviy-iqtisodiy hamda huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish, respublikaga jalb qilinayotgan investitsiyalarning ko‘lamini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish borasidagi muammolarni bartaraf etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada xorijiy investorlarga turlicha moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilgan, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda.
So‘nggi besh yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi deyarli 2,9 barobarga ko‘paydi. Ayniqsa, 2024 yilda eng yuqori o‘sish sur‛ati – 143,9 % kuzatilgan bo‘lsa, 2025 yilda o‘sish sur’ati 107,9 % ni tashkil qildi. Investitsiya iqlimini yanada yaxshilashda quyidgilarga alohida ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir.
– mulk dahlsizligini ta’minlash;
– investorlar haq-huquqini himoyalashni yanada oshirish;
– bank foizi stavkalarini barqarorlashtirish;
– ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek qo‘yish;
– O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasi nufuzini va uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb etish;
– qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ilmiy asoslangan iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarurati kuchaymoqda. Mazkur mexanizm investitsiya faoliyatida ish yurituvchi korxonalarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ularning ishlab chiqarish dasturidagi belgilangan muddat va miqdordagi pul mablag‘lari bilan ta’minlashning muhim vositasi sifatida xizmat qilishi lozim. Bunda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar, shu jumladan, qo‘shma korxonalar moliyalashtirishning bozor tamoyillariga asoslangan manbalaridan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlari zarur.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash yo‘lida mamlakatning investitsion muhitni sog‘lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o‘rganish, investitsiyalarni kengroq jalb yetish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi tavakkalchilikni pasaytirishga, mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikni ta’minlashga olib keladi.
Ibodullo ORTIQOV, “NKMK” AJ Transformatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi
Добавить комментарий