Hududlar salohiyati

Qo‘qon filialida qiyoslash va kalibrlash xizmatlari yangi bosqichga chiqmoqda

1/2026

 
Qo‘qon filiali
 
     So‘nggi yillarda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Qo‘­qon filialida o‘lchash vosita­larini qiyoslash va kalibrlash yo‘nalishlari izchil rivojlanib, bu boradagi natijalar yillar kesimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Filial faoliyatida xalqaro va milliy standart­lar asosida xizmat turlarini kengay­tirish, mutaxassislar salohiyatini oshi­rish hamda innovatsion ishlan­malarni amaliyotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
     O‘lchash vositalarini qiyoslash yo‘nalishida muhim bosqich 2020-yil 13-dekabr sanasida O‘z DSt 3444:2019 talablari asosida “Akkredi­tatsiya markazi” DUK tomonidan auditdan o‘tkazilib, O‘ZAK.QL.0035 raqami bilan davlat reyestriga kiritil­di. Shundan buyon mazkur yo‘nalish bosqichma-bosqich kengaytirilib, bu­gungi kunda 89 turdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash xizmatlari yo‘l­ga qo‘yildi. Kalibrlash yo‘nalishida esa 2023-yil 24-yanvar muhim buri­lish nuqtasi bo‘ldi. O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 talablari asosida filial O‘ZAK.KL.0015 raqami bilan reyestr­ga kiritildi. Natijada qisqa vaqt ichida 10 turdagi o‘lchash vositalarini ka­librlash xizmatlari joriy qilindi. Jumla­dan, shtangensirkul, shtangenglu­binomer, tarozilar va laboratoriya shisha sig‘imlarini kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish kuza­tilmoqda. Agar 2020-yilgacha filial tomonidan atigi 4 turdagi tibbiyot o‘lchash vositalariga xizmat ko‘rsa­tilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 15 turdan ortiq tib­biyot o‘lchash vositalarini qamrab olgan darajaga yetdi.
     Filial faoliyatida innovatsion ish­lanmalar ham alohida o‘rin tutmoqda. Xususan, 2025-yilda velosipedlarni sinovdan o‘tkazish qurilmasi ishlab chiqilib, Qo‘qon filialiga o‘rnatildi. Ayni paytda ushbu qurilmani patent­lash ishlari olib borilmoqda.
     Sanoat yo‘nalishida ham bir qator yangi ishlanmalar yaratildi. Jumladan, teplovozlar uchun yoqilg‘i qoldig‘ini o‘lchashga mo‘ljallangan “Hajmo­mer” qurilmasi ishlab chiqilib, shu bilan birga, teplovozlar uchun hajm o‘lchash – hajmomer qurilmasi ixtiro qilinib, xizmat turi sifatida amaliyotga joriy etildi hamda shartnoma asosida mijozlarga taqdim etilmoqda. Bun­dan tashqari, suyultirilgan gaz zich­ligini o‘lchash bo‘yicha amaliy ishlar ham muvaffaqiyatli yakunlanib, maz­kur xizmat turi bugungi kunda ama­liyotga tatbiq etilgan holda mijoz­larga ko‘rsatilmoqda.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.