Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Qo‘qon filiali
So‘nggi yillarda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Qo‘qon filialida o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash yo‘nalishlari izchil rivojlanib, bu boradagi natijalar yillar kesimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Filial faoliyatida xalqaro va milliy standartlar asosida xizmat turlarini kengaytirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
O‘lchash vositalarini qiyoslash yo‘nalishida muhim bosqich 2020-yil 13-dekabr sanasida O‘z DSt 3444:2019 talablari asosida “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan auditdan o‘tkazilib, O‘ZAK.QL.0035 raqami bilan davlat reyestriga kiritildi. Shundan buyon mazkur yo‘nalish bosqichma-bosqich kengaytirilib, bugungi kunda 89 turdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Kalibrlash yo‘nalishida esa 2023-yil 24-yanvar muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 talablari asosida filial O‘ZAK.KL.0015 raqami bilan reyestrga kiritildi. Natijada qisqa vaqt ichida 10 turdagi o‘lchash vositalarini kalibrlash xizmatlari joriy qilindi. Jumladan, shtangensirkul, shtangenglubinomer, tarozilar va laboratoriya shisha sig‘imlarini kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Agar 2020-yilgacha filial tomonidan atigi 4 turdagi tibbiyot o‘lchash vositalariga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu ko‘rsatkich 15 turdan ortiq tibbiyot o‘lchash vositalarini qamrab olgan darajaga yetdi.
Filial faoliyatida innovatsion ishlanmalar ham alohida o‘rin tutmoqda. Xususan, 2025-yilda velosipedlarni sinovdan o‘tkazish qurilmasi ishlab chiqilib, Qo‘qon filialiga o‘rnatildi. Ayni paytda ushbu qurilmani patentlash ishlari olib borilmoqda.
Sanoat yo‘nalishida ham bir qator yangi ishlanmalar yaratildi. Jumladan, teplovozlar uchun yoqilg‘i qoldig‘ini o‘lchashga mo‘ljallangan “Hajmomer” qurilmasi ishlab chiqilib, shu bilan birga, teplovozlar uchun hajm o‘lchash – hajmomer qurilmasi ixtiro qilinib, xizmat turi sifatida amaliyotga joriy etildi hamda shartnoma asosida mijozlarga taqdim etilmoqda. Bundan tashqari, suyultirilgan gaz zichligini o‘lchash bo‘yicha amaliy ishlar ham muvaffaqiyatli yakunlanib, mazkur xizmat turi bugungi kunda amaliyotga tatbiq etilgan holda mijozlarga ko‘rsatilmoqda.
Добавить комментарий