Hududlar salohiyati

Zamonaviy laboratoriyalar – ishonchli o‘lchovlar kafolati

1/2026

 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
     Qoraqalpog‘iston Res­publikasi hududida o‘l­chashlarning yagona birlikda amalga oshirili­shini ta‛minlash maqsa­dida “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Qoraqal­pog‘iston Respub­likasi filiali tomo­nidan tizimli ishlar amalga oshiril­moqda.
     Xususan, o‘lchash vositalarini qi­yoslash, kalibrlash hamda metrologik attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari filial tarkibidagi “O‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv” bo‘limi tomo­nidan yo‘lga qo‘yilgan.
     Filial faoliyati doirasida geomet­riya, massa, vaqt va harakat, sarf, hajm, zichlik va qovushqoqlik, fizik-kimyoviy, harorat, elektr ham­da bo­sim kabi yo‘nalishlarda qiyos­lash va metrologik attestatsiya ishlari amal­ga oshirilmoqda. Shu bilan birga, massa, geometriya, bosim va haro­rat kattaliklari bo‘yicha ka­libr­lash xizmatlari ham muntazam ravishda ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari res­publika bo‘yicha korxona va tashki­lotlarga qulaylik yaratish maqsadida logistika xizmatlari ham yo‘lga qo‘­yilgan.
     Hududiy ehtiyojlardan kelib chiq­qan holda, filial laboratoriya­larining akkreditatsiya doirasi izchil kengay­tirib borilmoqda.
     Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘z­bekiston Respublikasi Prezidenti­ning PQ-5202-son qarori asosida yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu qa­ror BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi Orolbo‘yi mintaqa­sini ekologik innovatsiyalar va texnolo­giyalar hududi deb e‛lon qilish to‘g‘_risidagi rezolyutsiyasini amalga oshi­rishga qaratilgan.
     2024-yilda ushbu qaror ijrosi doirasida filial negizida zamonaviy, yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlangan laboratoriyalar kompleksi tashkil etildi. Xalqaro ta­lablarga javob beradigan infratu­zilmaga ega mazkur laboratoriyalar foydalanishga topshirildi.
     Shu yilning o‘zida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agent­ligi hamda ACWA Power kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 1,7 million AQSh dollariga teng investitsiya lo­yihasi bo‘yicha memorandum imzo­landi. Bu hamkorlik metrologiya so­hasini modernizatsiya qilish va xal­qaro standartlarga muvofiq rivojlan­tirishga xizmat qilmoqda.
     Filial mutaxassislari tomonidan 2025-yilda yangi o‘lchash vositalarini ishlab chiqarish dasturi doirasida nosimmetrik uch fazali tok o‘zgart­kich yaratildi. Mazkur uskuna reaktiv energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va elektr energiyasidan samarali foy­dalanishni ta‛minlash maqsadida qo‘llanilishi ko‘zda tu­tilgan.
     Umuman olganda, Qoraqalpog‘is­ton Respublikasida metrologiya so­hasida amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy laboratoriyalarning tash­kil etilishi va innovatsion ishlanma­larni joriy etish hududda o‘l­chashlar aniqligi va ishonchliligini ta‛minlashga xizmat qilmoqda.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.