O‘zbekiston milliy metrologiya institutida o‘lchash vositalarni qiyoslash va kalibrlash, standart namunalarni ishlab chiqarish, malakani tekshirishlarni tashkil etish, shuningdek, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish faoliyatlari amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishlarning rivoji jarayonlarning o‘zaro uyg‘unligini ta‛minlash va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan menejment tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hamda takomillashtirish bilan ta‛minlanmoqda.
Institutda ISO/IEC 17025, ISO 17034 va ISO/IEC 17043 xalqaro standartlar talablarni yagona boshqariladigan tizimga birlashtiruvchi integratsiyalashgan menejment tizimi bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Asosiy e‛tibor jarayonlarni amaliy joriy etish, ularning o‘zaro uyg‘unligini ta‛minlash hamda institut negizidagi muvofiqlikni baholash organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Hozirgi bosqichda tizimning asosiy elementlari shakllantirildi va uni amaliy joriy etish ishlari davom ettirilmoqda, shu bilan birga tizimni yanada takomillashtirishga o‘tilmoqda. Jarayonlarni uyg‘unlashtirish, risklarga asoslangan yondashuvni joriy etish hamda bo‘linmalar faoliyatiga yagona talablarni belgilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bu esa natijalar ishonchliligini ta‛minlashga hamda buyurtmachilar va hamkorlar ishonchini yuqori darajada saqlashga xizmat qiladi.
Hududiy filiallarga bilim va amaliyotlarni uzatish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda, jumladan hozirgi kunda Chirchiq filiali bazasida pilot loyiha doirasida ushbu ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ISO/IEC 17025 va ISO/IEC 17065 standartlari talablarini sinov laboratoriyasi hamda o‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarni sertifikatlash organi faoliyatiga integratsiya qilish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Menejment tizimini rivojlantirishda muhim yo‘nalishlardan biri sifatida Kaizen – uzluksiz takomillashtirish falsafasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Kaizen yapon menejment maktabiga xos bo‘lib, kichik, ammo uzluksiz yaxshilanishlar orqali katta natijalarga erishishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv PDCA sikli, 5S tizimi, vizual boshqaruv va boshqa instrumentlar orqali amalga oshirilib, jarayonlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Amaliyotda Kaizen quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanilmoqda:
● ichki auditlar orqali muammolarni aniqlash va bartaraf etish;
Yelena OGAY, Durdona TURSUNOVA, Sifatni boshqarish boshqarmasi
Fikr bildirish