Tarmoq islohotlari

Menejment tizimi amalda: integratsiya va kaizen

1/2026

 
     O‘zbekiston milliy metro­logiya institutida o‘lchash vositalarni qiyoslash va ka­librlash, standart namuna­larni ishlab chiqarish, malakani tek­shirishlarni tashkil etish, shuning­dek, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish faoliyatlari amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘na­lishlarning rivoji jarayonlarning o‘zaro uyg‘un­ligini ta‛minlash va faoliyat samara­dorligini oshirishga qaratilgan menej­ment tizimini bosqichma-bos­qich joriy etish hamda takomillash­tirish bilan ta‛minlanmoqda.
     Institutda ISO/IEC 17025, ISO 17034 va ISO/IEC 17043 xalqaro stan­dartlar talablarni yagona boshqari­ladigan tizimga birlashtiruvchi integ­ratsiyalashgan menejment tizimi bos­qichma-bosqich rivojlantirilmoq­da. Asosiy e‛tibor jarayonlarni amaliy joriy etish, ularning o‘zaro uyg‘unligi­ni ta‛minlash hamda institut negizi­dagi muvofiqlikni baholash organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
     Hozirgi bosqichda tizimning aso­siy elementlari shakllantirildi va uni amaliy joriy etish ishlari davom etti­rilmoqda, shu bilan birga tizimni yanada takomillashtirishga o‘tilmoq­da. Jarayonlarni uyg‘unlashtirish, risk­larga asoslangan yondashuvni joriy etish hamda bo‘linmalar faoliya­tiga yagona talablarni belgilash bo‘­yicha ishlar amalga oshirildi. Bu esa natijalar ishonchliligini ta‛minlashga hamda buyurtmachilar va hamkorlar ishonchini yuqori darajada saqlashga xizmat qiladi.
     Hududiy filiallarga bilim va ama­liyotlarni uzatish ishlari yo‘lga qo‘yil­moqda, jumladan hozirgi kunda Chir­chiq filiali bazasida pilot loyiha doirasida ushbu ishlar amalga oshi­rilmoqda. Shu bilan birga, ISO/IEC 17025 va ISO/IEC 17065 standartlari talablarini sinov laboratoriyasi ham­da o‘lchash vositalari va texnik mah­su­lotlarni sertifikatlash organi fao­liya­tiga integratsiya qilish imkoni­yatlari o‘rganilmoqda.
     Menejment tizimini rivojlanti­rishda muhim yo‘nalishlardan biri sifatida Kaizen – uzluksiz takomillash­tirish falsafasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Kaizen yapon me­nejment maktabiga xos bo‘lib, kichik, ammo uzluksiz yaxshilanishlar orqali katta natijalarga erishishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv PDCA sikli, 5S tizimi, vizual boshqaruv va boshqa instrumentlar orqali amalga oshirilib, jarayonlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
     Amaliyotda Kaizen quyidagi yo‘na­lishlarda qo‘llanilmoqda:
     ● ichki auditlar orqali muammo­larni aniqlash va bartaraf etish;
 
 
Yelena OGAY, Durdona TURSUNOVA, Sifatni boshqarish boshqarmasi
 
 
Siz maqolaning to‘liq matnini jurnalning bosma nashrida o‘qishingiz mumkin.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.