Yangi Oʻzbekistonda yangi raqamli infratuzilma taraqqiyoti

Mustaqillik – eng avvalo, inson huquq va erkinliklarining roʻyobga chiqishidir. Islohotlar natijasida yoʻlga qoʻyilgan sharoitlar esa bu huquq va erkinliklardan samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi. Shu maʼnoda mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, tom maʼnoda Yangi Oʻzbekistonning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari xalqimizning azaliy orzulari bilan mushtarak ekanligi barchamizni birdek quvontiradi. Bugun qaysi bir sohani olmaylik, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida yaratilayotgan qulayliklar, avvalo, xalq manfaatiga xizmat qilmoqda va bu dunyoqarash Yangi Oʻzbekistonning bosh maqsadiga aylangan.

Ahamiyatlisi, “Oʻzbektelekom” AK tomonidan mamlakatimizda sohani rivojlantirish, aholiga qulay raqamli xizmatlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan faoliyatlar ham ayni shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda soha taraqqiyotiga qaratilayotgan eʼtibor va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha soha oldiga belgilab berilgan vazifalar ijrosi taʼminlanishi natijasida Yangi Oʻzbekistonda yangi raqamli infratuzilma taraqqiyotiga poydevor qoʻyilmoqda.

     

 

     Soʻnggi oʻn yil – taraqqiyotning bosh rejasi   Yuqorida taʼkidlaganimizdek, soʻnggi yillarda yurtimizda roʻy berayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar sohalar taraqqiyotiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Shunga koʻra bugun Uztelecom – odatiy tushunchadagi aloqa operatorigina emas. U raqamli davlat, elektron xizmatlar, masofaviy taʼlim, telemeditsina, bulutli servislar, elektron tijorat, aqlli shaharlar va kelajak texnologiyalari barpo etilayotgan muhim raqamli ekotizim operatoridir. Bugungi erishilgan natijalar, birinchi navbatda, yurtboshimiz tomonidan soha oldiga qoʻyilgan vazifalar mustaqil Oʻzbekistonning raqamli taraqqiyot yoʻlini belgilab berdi. Uzoqni koʻzlab amalga oshirilgan ishlar samarasi minglab kilometrdan iborat optik tolali aloqa liniyalari orqali zamonaviy infratuzilmali shaharlar, tuman markazlari, qishloq aholi punktlari va olis hududlarda ham boʻy koʻrsatdi. Aloqa sohasida olis masofa tushunchasi tarixga aylandi. 2026-yil boshiga kelib Uztelecom optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 350 ming kilometrdan oshdi. Bu oʻz oʻrnida bugun raqamli infratuzilma mamlakatning har bir hududiga, jamiyat hayotining turli jabhalariga chuqur kirib borganligini anglatadi. Bu respublikadagi aholi punktlarining 100 foizida GPON texnologiyasi asosida yuqori tezlikdagi optik tolali internetga ulanish uchun texnik imkoniyat yaratildi demakdir. Soʻnggi yillardagi eng muhim natijalardan yana biri – mobil aloqa va optik internet qamrovining 98 foizga yetkazilganidir. Bu esa uzoq yillar davomida telekommunikatsiya xaritasida deyarli “koʻrinmay” kelgan hududlar ham zamonaviy aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi deganidir.   Islohotlar inson qadri tamoyili asosida amalga oshirilmoqda   Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans, zamonaviy imkoniyatlar asosida qurilayotgan buyuk kelajak. Bunda zamonaviylik va yangi texnologiyalar asosida yaratilayotgan imkoniyatlar, avvalo, aholi manfaatlariga xizmat qilishi zarurligi birinchi o‘ringa qo‘yildi. Shu bois, har bir qulaylik zamirida inson qadri aks etmoqda. Bularning barchasi so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar natijasidir, albatta. Soha tili bilan aytganda, GPON texnologiyasi ham soha rivojiga ayni shu islohotlar singari xizmat qilmoqda. U elektron ta’lim, raqamli tibbiyot, idoralararo ma’lumot almashinuvi va davlat xizmatlarini onlayn shaklda rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratdi. Buning uchun Kompaniya tarmoqni izchil modernizatsiya qilib, tayanch stansiyalari sonini oshirdi, LTE qamrovini kengaytirdi va infratuzilmani yangi avlod texnologiyalarini joriy etishga tayyorladi. Uztelecom MDH mamlakatlari operatorlari orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning barcha viloyat markazlarida 5G texnologiyasini joriy etdi. Toshkent va Samarqand shaharlari beshinchi avlod tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olindi, boshqa viloyat markazlarining muhim shahar hududlarida esa 5G xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Loyihani amalga oshirish doirasida 3 500 dan ortiq tayanch stansiyasi modernizatsiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu boradagi keyingi qadam 5.5G texnologiyasining sinov tariqasida ishga tushirilishi bo‘ldi. 2025-yil boshida kompaniya xizmatlariga ulanishlar soni 12 milliondan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich butun mamlakat bo‘ylab Uztelecom mobil aloqasi, uy interneti va boshqa telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarni qamrab oladi. Bir so‘z bilan aytganda, Kompaniya o‘z rivojlanish strategiyasiga asoslanib, alohida xizmatlarni emas, balki yaxlit raqamli ekotizimni rivojlantirmoqda. Aholi uchun mobil aloqa, uy interneti, telefoniya, interaktiv televideniye, rouming, Travel eSIM, raqamli obunalar, bulutli xizmatlar, Wi-Fi zonalari, MyUztelecom va kundalik hayot uchun zarur boshqa yechimlar taqdim etilmoqda. Tabiiyki, bularning barchasi aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratmoqda.             Faoliyatlar samarasining xalqaro e’tirofi   Prezidentimizning qo‘llab-quvvatlashi va hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor natijasida Kompaniya yutuqlari xalqaro va milliy miqyosda keng e’tirof etildi. Ya’ni, turli yillarda Uztelecom infratuzilmani rivojlantirish, 5G texnologiyasini ishga tushirish, innovatsion loyihalar, mobil tarmoqning yuqori tezligi, mobil o‘yinlar sifati, IPv6 texnologiyasini joriy etish, 5G tarmog‘ining bulutli yadrosini rivojlantirish, tijoriy transformatsiya va mintaqaning raqamli taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun CC-Global Awards, Brand Awards International, Ookla Speedtest Awards, IPv6 Innovation Award va boshqa mukofotlar bilan taqdirlandi. Xususan, 2022-yilda Uztelecom MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator deb e’tirof etildi. 2023-yilda esa MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori unvoniga sazovor bo‘ldi. 2024-yilda kompaniya 5G loyihasini ishga tushirgani uchun, 2025-yilda esa Markaziy Osiyodagi innovatsion yutuqlari uchun mukofotlandi. 2023-yilda Ookla tomonidan o‘tkazilgan mustaqil o‘lchovlar Uztelecomning O‘zbekistondagi mobil tarmoq tezligi bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi. Yil yakunida kompaniya mobil o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi tajriba uchun ham e’tirof etildi. 2025-yilda kompaniya 5G tarmog‘i yadrosini muvaffaqiyatli modernizatsiya qilgani va zamonaviy bulutli arxitekturani joriy etgani uchun Best Telco Cloud Practice mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2026-yilda Uztelecom CC-Global Awards xalqaro mukofotining “MDH mamlakatlari orasida yilning eng yaxshi operatori” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, 2026-yilda kompaniya telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishdagi yetakchiligi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishi va O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasiga qo‘shgan hissasi uchun Brand Awards International mukofoti bilan taqdirlandi. Xulosa qilib aytganda, joriy yil mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash arafasida turibmiz. Katta ishonch va taraqqiyot sari dadil odimlar bilan bosib o‘tilgan ushbu davr kichik raqam emas. Bu – mustaqil mamlakatimizning, Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajak sari zabt etgan rivojlanish yo‘lidir. Ushbu 35 yil davomida Uztelecom milliy telefon aloqa operatoridan millionlab insonlar va O‘zbekistonning butun hududini yagona tarmoqqa birlashtirgan zamonaviy raqamli ekotizimgacha bo‘lgan ulkan yo‘lni bosib o‘tdi. Bu – mamlakat kelajagi barpo etilayotgan, Yangi O‘zbekistonda yangi raqamli infratuzilmaning taraqqiyot yo‘lidir. Fursatdan foydalanib, Uztelecom jamoasi nomidan xalqimizni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch va mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!  

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish yopilgan.

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.