Otayurtimiz O’zbekistondagi aziz qardoshlarim,
Yangi bir yil boshlanayotganining, qish tugab fasli bahor kirib kelganining va tabiat uyg’onib yangilanayotganining timsoli bo’lgan qadim Navro’z bayrami bilan barchangizni eng samimiy tilaklarim bilan muborakbod etaman.
Ergenekon dostonida po’lat tog’lar oshib o’tilgan kun sifatida qayd qilingan Navro’z bayrami Markaziy Osiyodan Bolqon bo’yi kengliklariga qadar bo’lgan bepoyon hududdagi butun turkiy olamning mushtarak qadriyatidir. Navro’z bayramimizning katta shodiyona bilan nishonlanishi xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlagani kabi, umumiy qadriyatlarimizning kelgusi avlodlarga yetkazilishiga ham xizmat qiladi.
Bu yilgi Navro’z ayyomini afsuslar bo’lsinkim, koronavirus pandemiyasi sababli kamtarona tarzda nishonlamoqdamiz. Bu davrning vaqtincha ekanligini bilgan holda, bahor bilan birga yuz ochgan Navro’z chechaklarining xushbo’y isidan to’yib-to’yib bahramand bo’ladigan kunlarga juda yaqinda hammamiz birgalikda yetishishimizga chin ko’ngildan ishonaman. Umid qilaman ki, yangi yil darakchisi Navro’z bayrami butun dunyoni o’z domiga olgan pandemiya oqibatida kelgan barcha qiyinchiliklarni daf qilib, jumlai olamga sog’lik, osoyishtalik va mo’l rizq-baraka keltirajak.
Do’stlik, mehr-muhabbat va birdamlik tuyg’ulari jo’sh uradigan, doshqozonlarda barokat elshisi sumalaklar qaynaydigan, butun insoniyatga tinchlik-xotirjamlik va baxt keltiradigan Navro’zlarimiz ko’p bo’lsin.
Navro’z ayyomingiz muborak!