Chirchiq filiali
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Chirchiq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish va sinov laboratoriyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda filial tomonidan Toshkent viloyatining Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Zangiota, Toshkent, Qibray tumanlari hamda Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan 12 ta yirik, 574 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti va 112 ta eksportyor korxonalarga metrologik xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Filial tarkibida jami 9 ta qiyoslash va 3 ta kalibrlash laboratoriyasi mavjud. Qiyoslash laboratoriyalari orqali geometriya, massa, bosim, kuch va qattiqlik, hajm, harakat tezligi va vaqt, fizik-kimyoviy va fizik-optik, elektr, maishiy gaz va suv hisoblagichlari hamda radiotexnika o‘lchash vositalari qiyoslanadi. Kalibrlash laboratoriyalarida esa bosim, elektr va geometrik o‘lchash vositalarini kalibrlash ishlari amalga oshiriladi.
Filial tomonidan 9 ta yo‘nalishda 142 turdagi o‘lchash vositalari qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi, shuningdek, 3 ta yo‘nalishda 4 turdagi o‘lchash vositalari kalibrlanadi. 2024–2025-yillar davomida filialning akkreditatsiya doirasi kengaytirilib, geometriya, massa, bosim, elektr va harakat parametrlari yo‘nalishlarida 12 turdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash hamda bosim, geometriya va elektr yo‘nalishlarida 4 turdagi o‘lchash vositalarini kalibrlash imkoniyati yaratildi.
Fikr bildirish