Aniq o‘lchash markazlari

Sertifikatlashtirish organi faoliyatida aniqlik va sifat tamoyillari ustuvor

1/2026

 
     Tadbirkorlik subyektlariga qu­laylik yaratish, shu­ningdek, muvofiqlik sertifikati olish, metrologik tekshiruvdan o‘t­kazish hamda standart xavfsizlik ko‘r­satkichlari bo‘yicha sinov jara­yonlarini bir joyning o‘zida amalga oshirish maqsadida 2015-yilda O‘zbe­kiston milliy metrologiya ins­titut qoshida O‘lchash va sinov vosita­larini sertifi­katlashtirish organi tashkil etil­di. Mazkur organ faoliyati qisqa vaqt ichida muvo­fiqlikni baholash tizimi­ning muhim bo‘g‘iniga aylandi.
     Bugungi kunda sertifikatlashtirish organi mahsulot va xizmatlarning belgilangan standart talablariga mu­vofiqligini ta‛minlash orqali iste‛mol­chilarni sifatli hamda yuqori aniqlik­dagi o‘lchash vositalari bilan ta‛min­lashda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, respublika hududiga olib kirilayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi o‘lchash vositalarining me‛yoriy huj­jatlar va standart talablariga muvo­fiqligini baholash, sifatsiz va stan­dartlarga javob bermaydigan mahsu­lotlardan iste‛molchilarni himoya qilish sertifikat­lashtirish organining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Sertifikatlashtirish organi tomo­nidan nafaqat mahal­liy ishlab chiqa­ruvchi balki xorijiy korxonalarda ish­lab chiqarilayotgan o‘lchash vosita­larni muvofiqligini baho­lashda ya‛ni joyini o‘zida sinov va sertifikatlash­tirish xiz­matlari o‘tkazilib investisiya kiritilishi xizmatlar eksportiga erishil­moqda. Jumladan, Germaniyaning VEGA, SICK, SIEMENS, Polshaning SONEL S.A., Xitoy va Rossiya dav­latlarining 10 dan ortiq korxonalariga sertifikatlash­tirish xizmati ko‘rsatildi. Shu bilan birga, zamonaviy o‘l­chash vositalari va yangicha yondashuvlar asosida ish faoliyatini takomillashtirib, sohada ishonchlilik va aniq­likni ta‛min­lashga alohida e‛tibor qaratil­moqda.
     Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan mas’uliyatli va sharafli so­hada faoliyat yuritayotgan barcha ham­kasblarimizni samimiy muborak­bod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik hamda mashaq­qatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.
 
 
Sharofjon USMONQULOV, O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi bo‘shlig‘i

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.