ISSVda Qozog‘iston bilan savdo va sanoat hamkorligi bo‘yicha rejalar muvofiqlashtirildi

     Joriy yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Kuantyrov hamda savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kayrat Torebayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
     Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi.
     Tomonlar konstruktiv fikr almashib, yaqin istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab oldi. Xususan, oʻzaro savdoda cheklovlarni bekor qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun kvotalar ajratish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashning elektron tizimlaridan foydalanish, nazorat-oʻtkazish punktlarini modernizatsiya qilish borasida kelishib olindi.
     “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi” faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish dasturini muvofiqlashtirish jarayoni alohida ko‘rib chiqildi.
     Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan masalalarni qisqa muddatlarda amaliyotga tatbiq etish tayyorligini bildirdilar hamda aniq muddatlar va mas’ul shaxslarni belgilab oldilar.
 
 
Manba: https://gov.uz/oz/miit/news/view/35637

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.