“Hamroh” va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha kelishuv imzoladi

   

     “Hamroh” Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida “Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi” qoʻshma loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi. Loyihaning milliy hamkori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligidir.

     Imzolangan shartnomaga koʻra, “Hamroh” tadbirkor ayollarga biznes konsaltingdan tortib, ularning loyihalarini amaliy qoʻllab-quvvatlashgacha boʻlgan dasturning asosiy ijrochisi hisoblanadi. Inson taraqqiyoti tamoyillariga sodiq boʻlgan BMTTD strategik hamkor sifatida loyihaga qoʻshiladi hamda biznes uchun mentorlik dasturlari va akseleratsiya tashabbuslari boʻyicha xalqaro amaliyotni tatbiq etadi.
 
 
 
   

     Tomonlar ikkita asosiy yoʻnalishda ishlashga kelishib oldilar:

     – Taʼlim va kasbiy rivojlanish. Bunda tadbirkor ayollar uchun biznesni boshqarish, moliyaviy rejalashtirish va strategik rivojlanishni oʻz ichiga olgan treninglar tashkillashtiriladi. Trening dasturi amaliy keyslarga asoslanadi va ishtirokchilarning real ehtiyojlariga moslashtiriladi.

     – Biznes mentorlarini tayyorlash, ular orqali ekspert yordam koʻrsatish, jumladan, mentorlik va akseleratsiya dasturlari.

     Imzolash marosimi davomida “Hamroh” bosh direktori Dilfuza Nurmatova quyidagilarni maʼlum qildi: “Biz barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, gender tengligi va butun dunyo boʻylab ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi samarali faoliyati bilan mashhur boʻlgan BMTTD bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Umid qilamanki, birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali biz Oʻzbekistondagi muvaffaqiyatli tadbirkor ayollar sonini sezilarli darajada koʻpaytirish, shuningdek, ularning kasbiy oʻsishi va rivojlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga erishamiz”.

     BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii oʻz navbatida shunday dedi:

     “Maqsadli qoʻllab-quvvatlanayotgan tadbirkor ayollar nafaqat biznes bilan shugʻullanmoqda, balki ular jamiyatni oʻzgartirib, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiryapti hamda yanada inklyuziv kelajakni yaratmoqda. Koʻp yillik tajribaga ega tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash uchun BMTTD oʻzining xalqaro resurslari va tarmoqlarini ushbu yangi hamkorlik tashabbusiga jalb qilishdan mamnundir”.
 
 

     Maʼlumot uchun

     Hamroh – O‘zbekistonda ayol tadbirkorlarga bepul maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ilk kompaniyadir. Shuningdek, kompaniya shaffof shartlar asosida imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashadi. Kompaniyaning maqsadi ayollarni muvaffaqiyatli biznes yuritishga ilhomlantirish hamda ularga to‘siqlarni yengib o‘tish va yuqori natijalarga erishishda zarur bo‘lgan resurslarni taqdim etishdir.

     Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) – kambagʻallik, tengsizlik va iqlim oʻzgarishi sababli paydo boʻlgan adolatsizlikka qarshi kurashda BMTning yetakchi tashkilotidir. BMTTD 170 ta mamlakatda keng ekspertlar va hamkorlar tarmogʻiga ega boʻlib, sayyoramiz aholisi uchun muammolarning muvofiqlashtirilgan, uzoq muddatli yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.