Farg‘ona, O‘zbekiston, 2025-yil 6-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘onada “Kelajakni barpo qilamiz: Xalqaro xotin-qizlar kunida ayol tadbirkorlarni qadrlaymiz” nomli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan «Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va boshqa hamkorlar bilan birgalikda o‘tkazildi. Unda siyosatchilar, ekspertlar hamda ayol tadbirkorlar O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlarni muhokama qildilar.
Xalqaro xotin-qizlar kunining global mavzusi – «Barcha ayollar va qizlar uchun: Huquqlar. Tenglik. Imkoniyatlar.” doirasida o‘tkazilgan davra suhbati ayollarning iqtisodiy mustaqilligini oshirish va ularning tadbirkorlik sohasidagi rivojlanishining qo‘llab-quvvatlash muhimligiga e’tibor qaratadi.
Tadbirning asosiy voqeasi «Hamroh» kompaniyasi tomonidan yangi tashabbusining rasman yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. Ushbu tashabbus BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi hamda mamlakatda ayol tadbirkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
BMT Taraqqiyot Dasturining doimiy vakilasi Akiko Fujii ayollarning biznesdagi muvaffaqiyati uchun qulay muhit yaratish muhimligini ta’kidladi «Ayol tadbirkorlarga investitsiya kiritish – barqaror rivojlanishga investitsiya kiritishdir. Ayollar muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lganda, butun jamiyat bundan foyda ko‘radi. BMT Taraqqiyot Dasturi ayollar uchun to‘siqlarni bartaraf etish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida O‘zbekiston bo‘ylab hamkorlarimiz bilan ishlashda davom etadi.”
«Hamroh» kompaniyasi direktori Dilfuza Nurmatovaning takidlashicha, ushbu qo’shma loyiha ayollar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish, shuningdek, mentorlik va akseleratsiya dasturlarini o‘z ichiga olgan ekspert yordami orqali iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi. U shuningdek «Hamroh» O‘zbekistonda ayol tadbirkorlar uchun bepul konsalting xizmatlarini taqdim etuvchi ilk kompaniya ekanligini aytib, uning asosiy maqsadi ayollarga muvaffaqiyatli biznes yuritishda ilhom berish ekanligini qayd etdi.
Tadbir davomida Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Aid for Trade loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqot taqdim etildi. Ushbu tadqiqot ayol tadbirkorlarning duch kelayotgan asosiy to‘siqlarini – oilaga g‘amxo‘rlik majburiyatlari, cheklangan moliyalashtirish imkoniyati va tarmoqdagi to‘siqlarni o‘rgandi.
BMT Taraqqiyot Dasturi ekspertlari tadqiqot natijalarini taqdim etib, xotin-qizlar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va ta’lim imkoniyatlarini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida bu xulosalar butun mamlakat bo‘ylab muvaffaqiyatli ayol tadbirkorlarning hikoyalari bilan boyitildi. Ular o‘zlarining duch kelgan qiyinchiliklari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Fikr bildirish