Davlat budjetining soliq daromadlari kamaymagan

     Davlat budjetining 2022-yil uchun soliq daromadlari kamaytirilganligi bo‘yicha ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan xulosalar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
     O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaror bilan (3-ilova) Davlat budjeti daromadlari prognozi 200 trln so‘m miqdorida tasdiqlanib, uning tarkibida davlat soliq xizmati organlari maʼmurchiligiga masʼul soliq tushumlari 143,5 trln so‘m miqdorida belgilangan edi.
     Ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri qayd etilganidek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son (https://lex.uz/uz/pdfs/5959958) qarorida PQ-73-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti jami daromadlari, jumladan soliq turlari bo‘yicha daromadlar miqdori ham o‘zgartirilmagan.
     O‘zgartirishlar 2022-2024-yil uchun belgilangan maqsadli indikatorlarga tegishli bo‘lib, soliq organlari ko‘rsatkichlari (151,6 trln so‘m) ham tasdiqlangan soliq tushumlari daromadiga (143,5 trln so‘mga) moslashtirilmoqda.
     Shu o‘rinda qayd etish lozimki, soliq organlari tomonidan I chorakda budjetga 34,5 trln so‘m miqdorida soliq tushumlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17% o‘sgan) taʼminlanib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 1,3 trln so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.
     Iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar va soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish natijalari bilan soliq bazasining kengaytirilishi hisobiga yillik soliq tushumlari daromadi to‘liq kafolatlanishini maʼlum qilamiz.
 
 
 
 
 
 
 

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.