FAO Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishuv imzoladi

     Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) FAO-GEF hamkorligidagi “O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti bilan bitim tuzdi. Mazkur kelishuv doirasida FAO Namangan, Sirdaryo va Qashqadaryo voliyatlarida joylashgan 4 ta namunaviy uchastkalarda tanazzulga uchragan o‘rmonlarni qayta tiklash, yaylovlarni barqaror boshqarish, plantatsiyalar yaratish, yog‘ochdan bo‘lmagan o‘rmon mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasini ishlab chiqish yuzasidan vazifalarni bajarish borasida Universitetga moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
     Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham o‘rmonlar cho‘llanishga qarshi kurashish, eroziya va boshqa tabiiy kataklizmlarning oldini olish, shuningdek sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va yaylovlarni tanazzuldan himoya qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular ekologiya, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va suv resurslarini saqlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
     O‘zbekiston aholisining aksar qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi, shuning uchun aholining farovonligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rmonlarga va davlat o‘rmon fondining boshqa toifalariga bog‘liq. Biroq mavjud tizimli va holatlarga bog‘liq bo‘lgan nuqsonlar tufayli daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesish va nazoratsiz mol boqish holatlari uchrab turadi.
     «Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti O‘zbekistonda o‘rmonlarni barqaror rivojlantirishni targ‘ib qilish borasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Bunda o‘rmon xo‘jaligini boshqarish va o‘rmon resurslaridan foydalanishning shunday usulini qo‘llash nazarda tutilmoqdaki, mahalliy aholiga o‘rmon mahsulotlaridan yanada kengroq foydalanish, o‘rmonlarni boshqarishda bevosita ishtirok etish, o‘rmon hosildorligini va shu bilan birga, ularning ekologik funksiyasi, estetikasi va rekreatsion qimmatini, biologik va landshaft xilma-xilligini saqlab qolishga imkoni beriladi», – ta’kidladi FAO/GEFning “O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish”loyihasi koordinatori Olimjon Qaxxorov.
     FAO va Global ekologiya fondining «O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish» loyihasi 2018-yildan Sirdaryo, Pop, Kitob va Dehqonobod o‘rmon xo‘jaliklarida amalga oshirilyapti. Mazkur hududlarda o‘rmonlarni barqaror boshqarish, sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasidan foydalangan holda o‘rmon hududlarining axborot tizimlari va elektron xaritalarin yaratish, gender tenglikka rioya qilish masalasiga alohida e’tibor bergan holda, mahalliy aholini o‘rmonlarni barqaror rivojlantirish jarayoniga faol jalb qilish bo‘yicha zaruriy ishlar olib borilyapti.
     Yangi kelishuvga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universiteti ko‘chatxonalar, yong‘oq mevali ekin plantatsiyalari, yog‘och olishga mo‘ljallanmagan o‘rmon mahsulotlari va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish, shuningdek, dala-tajriba maydonlarida yaylovlarni tiklash uchun texnik tavsifnomalarni ishlab chiqishda yordam beradi. FAO hamda universitet orasidagi mazkur kelishuv doirasidagi hamkorlik o‘rmonlarni saqlab qolish va ulardan foydalanishning ma’muriy, huquqiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va gender sohalarini qamrab olgan holda, O‘zbekistondagi o‘rmonlarni barqaror boshqarishni ta’minlashga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.