Toshkentda Britaniya Menejment Universiteti tashkil etilishi hukumatning 8 -maydagi qarori bilan tasdiqlangan.
Bu xususiy universitet bo’lib, u yerda o’qish ingliz tilida to’lov-kontrakt asosida olib boriladi. London universiteti va Reading universitetining o’quv rejasi asos bo’ladi.
Birinchi bosqichda bakalavriyatda o’qishning beshta yo’nalishi mavjud:
• Loyihani boshqarish.
• logistika va ta’minot zanjirini boshqarish.
• Tadbirkorlik va innovatsiya.
Xalqaro elektron tijorat. Raqamli iqtisodiyot.
Universitet 2020/2021- o’quv yilidan boshlab o’z faoliyatini boshlaydi. Toshkent hokimiyatiga yer uchastkasi ajratish topshirildi.
Bitiruvchilarga O’zbekistonda oliy ta’lim to’g’risidagi hujjat sifatida tan olingan diplom beriladi.
Манба: EVU BUSINESS