O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 720 so‘mga qadar ko‘tarildi

     O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 28-iyul kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.
     Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 630 so‘mga sotib olishni, 10 720 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng, 10 670 so‘mga yetgandi.
     Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
“Agrobank” sotib olish — 10 630, sotish — 10 710;
Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 670, sotish — 10 720;
NBU: sotib olish — 10 670, sotish – 10 710;
Orient Finans Bank: sotib olish — 10 620, sotish — 10 720;
“Savdogar bank”: sotib olish — 10 630, sotish — 10 710.
     Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida 15-iyul kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 710 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Manba: daryo.uz

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.