9 iyun, Nukus shahri. O’zbekiston Respublikasini
BMTning oziq-ovqat tizimlari Sammitiga tayyorgarlik doirasida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) manfaatdor vazilriklar va davlat idoralari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahridagi xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida birinchi submilliy dialog o’tkazildi.
Dialog ishtirokchilari hozirda mavjud oziq-ovqat tizimlarining holati, tadbiq etish zarur bo’lgan o’zgarishlar, shuningdek manfaatdor tomonlarning hamkorlik masalalaru va qo’shma tadbirlar va o’zaro qo’llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish masalalari hamda oziq-ovqat tizimlari barqarorligi uchun doimiy ta’lim va axborot almashinuvi tizimini tsiklini tashkil etish bo’yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Tashkil etilayotgan dialoglar doirasida turli guruh vakillarii bo‘lgan ishtirokchilar milliy oziq-ovqat tizimlarining barqarorligini rivojlantirishda o‘zlarining ishtirok etish darajasini aniqlashlari va kerak bo‘lsa, javobgarlik sohalarini belgilashlari uchuk noyob imkoniyat yaratadi.
«Milliy dialoglar orqali ishlab chiqiladigan g’oyalar, echimlar va qo’shma harakat rejalari yaqinlashib kelayotgan Sammit muvaffaqiyatining kalitidir. Oziq–ovqat tizimida har birimizning o’z o’rnimiz bor va ularni kerak bo‘lganda ishlashini ta‘minlash barchamizning mas‘uliyatimizdir. Faqatgina birlashish orqali biz dunyoga ochlik, qashshoqlik va hech kimni unutmagan holda ushbu muhim vazifani hal qilish uchun o’z hissamizni qo‘sha olamiz. Koronavirus pandemiyasi asoratlari ta‘siriga moslashish davom ettirayotgan bir paytda, yaqinlashib kelayotgan Sammit oziq–ovqat tizimlarining inqirozi natijasida aniqlangan eng zaif yerlariga e‘tiborni qaratishga va ushbu tizimlarni barchaning ehtiyojlariga javob beradigan tarzda qayta tiklashga imkonini beradi», – ta’kidladi Faoning O’zbekistondagi valkili O’rinbosari Sherzod Umarov.
Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammitga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha BMTga a’zo davlatlar tomonidan o‘tkaziladigan dialoglardan kutilgan natijalar 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibiga muvofiq barqaror milliy oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
“Biz yaxshi bilamizki, Qoraqalpog‘iston, Orol dengizining qurishi, iqlim o‘zgarishi va ekologik ofatlarning yomonlashuvi oqibatlari bilan bog‘liq ekologik ofat zonasidir. Sammitning eng muhim yutuqlaridan biri bu dunyoda oziq–ovqat ishlab chiqarish, iste‘mol qilish va fikrlash tarzini o‘zgartirish uchun barchamiz birgalikda ishlashimiz kerakligini anglashga undash uchin yahshi imkoniyat yaratadi. Bugungi uchrashuv sammit muhokamasiga tavsiya etilgan 5 ta harakat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy voqeliklarga asoslangan samarali tavsiyalar va takliflarni jamlash nuqtai nazaridan juda muhimdir » – dedi Bakhadur Paluaniyazov, BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasining Atrof-muhitva va iqlimiy harakati klaster rahbari
Joriy yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) 2021 yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi bilan parallel ravishda o‘tkaziladigan Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha BMT Sammitiga tayyorgarlik doirasidagi birinchi Milliy dialogga tashkilotchilik qilishdi. Keyingi submilliy dialog esa 17 iyun kuni Namangan shahrida o’tkazish rejalashtirilgan.
Kuzda o‘tkaziladigan Global Sammit Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha progressga erishishga qaratilgan harakatlarning debochasiga aylanishi kutilmoqda, ularning har biri ma’lum darajada yanada sog‘lom, barqaror va adolatli ishlaydigan oziq-ovqat tizimlariga bog‘liq bo‘lib, beshta maqsadni ko‘zlaydi:
- Barcha xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatga ega bo‘lishini ta’minlash;
- Oqilona iste’molga o‘tish;
- Ekologik oqilona ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
- Teng yashash sharoitlarini targ‘ib qilish;
- Zaiflik, zarbalar va stresslarga qarshi tura olishni ta’minlash.