O‘zbekistonda xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqiladi

     26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi binosida “Xavfli kimyoviy moddalarni ishonchli boshqarish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha grant shartnomasi imzolandi.
Uch tomonlama hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Yevropa Ittifoqining (YeI) O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov imzoladi.
     “Ushbu loyiha yashil iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yirik dasturning bir qismi boʻlib, dasturga 10 million yevrodan ortiq mablagʻ ajratilgan. Loyihaning qiymati o’zi esa deyarli 4 million yevroga teng. Maqsad Ekologiya vazirligining bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilar sohasida muvofiqlashtirishni yaxshilashdan iborat”, — dedi Sharlotta Adrian. — O‘zbekistonda bu boradagi ishlarni yaxshilashga ehtiyoj va xohish bor. Bu potentsial BMTning bir qancha konvensiyalari bilan bog’liq. Bu bilan mamlakat yashil taraqqiyotga o’tish sari olg’a intilish istagini namoyon etdi. Shuning uchun biz bu intilishni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz va bundan xursandmiz”.

     Loyiha Ekologiya vazirligi tomonidan FAO bilan birgalikda 2023–2027-yillar oralig‘ida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. U tugallangandan soʻng, xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish sohasida mamlakatning institutsional salohiyati oshishi kutilmoqda, bu esa xavfli chiqindilar boʻyicha yanada yaxshi maʼlumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish bo’yicha Milliy strategiyani ishlab chiqish va tegishli standartlarga ega xavfli chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini bosqichma-bosqich yaratishga o’tish uchun zamin yaratadi.

     “Bu mavzu Oʻzbekiston uchun juda dolzarb, chunki qishloq xoʻjaligi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 27 foizini tashkil qiladi. Yaxshi hosil olish maqsadida Oʻzbekistonda kimyoviy moddalar, pestitsidlardan oʻrtacha foydalanish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha faol ish olib borilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi Ekologiya vazirligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, fermerlar va boshqa manfaatdor shaxslarning ushbu sohadagi ko’nikmalarini rivojlantirishdir. Albatta, loyihaning amalga oshirilishi BMTning 4 ta konvensiyasidagi majburiyatlarning bajarilishidir”, — dedi Sherzod Umarov.

     Muhimi, loyiha qishloq xo‘jaligida barqaror amaliyotlarni targ‘ib qilishni kengaytirishga yordam beradi, bu esa fermerlar va iste’molchilar uchun pestitsidlardan foydalanish xavfini kamaytiradi. Muassasalar va aholining xavfli kimyoviy moddalardan foydalanish bilan bog‘liq xavf-xatarlar haqida xabardorligini oshirishga katta e’tibor qaratiladi.

     “Loyiha xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Uning doirasida qishloq xo‘jaligida zararli moddalardan foydalanishni kamaytirish va tuproq resurslariga kamroq zarar yetkazuvchi moddalarga o‘tish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Milliy strategiya ishlab chiqiladi”, — dedi Ekologiya vazirligi vakili Anvar Tursunaliyev.

     Ma’lumot uchun, Qo‘shma loyihani amalga oshirish natijasida zararli kimyoviy moddalar va ular bilan bog‘liq chiqindilarni boshqarish mexanizmlari va vositalari samaradorligini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida xavfli pestitsidlardan foydalanishni qisqartirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida muqobil usullarni joriy etish va targ‘ib qilish rejalashtirilgan.

 

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.