Zafar Xoshimov: korzinka.uzning qanday boshlangani haqida

Zafar Xoshimov ukrainalik milliarder Yevgeniy Chernyakning Big Money YouTube loyihasining mehmoni bo‘ldi.

Suhbat davomida korzinka.uz asoschisi Zafar Xoshimov oylik daromadining elektromobil xarid qilish uchun yetarli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Korzinka.uzning paydo bo‘lishi

“Angliyada magistrlik davrimda tahsil olayotganimda, bir kompaniyada amaliyot o‘tagan edim. O‘qishim oxirida menga kompaniyada qolishni va ular bilan ishlashni taklif qilishdi. Lekin men yangi O‘zbekistonda muvaffaqiyat qozonishimga ishondim, ularga minnatdorchilik bildirib, taklifni rad etdim. Londondagi ofisda xizmatchi bo‘lishdan ko‘ra, qaytib kelishni afzal ko‘rdim. Ular shuningdek, O‘zbekistondagi biznesda ishtirok uchun biron bir imkoniyat, qiziqish bo‘lsa, ularga xabar qilishimni so‘radilar.”

Men kelgan paytlarim 1994-yillari edi, bozorlar deyarli bo‘m-bo‘sh, iste’mol mollari ham deyarli yo‘q, ularni chetdan olib kelish kerak edi. Ana shu paytlari imkoniyat paydo bo‘ldi va biz mazkur kompaniya bilan qo‘shma korxona tashkil qildik — men boshqaruvni qo‘lga oldim, ular FMGS sohasidagi kapital, tajriba va aloqalarini olib kirdi.

“Biz shunday qilib savdoni yo‘lga qo‘ydik va birinchi qo‘shma kompaniyamiz — Balton Trading tashkil topdi. U hali ham mavjud, qolgan kompaniyalar esa ularning negizida rivojlanib bordi. O‘sha paytlari savdoning tarqatish yo‘li bilan shug‘ullanganimizda chakana savdo qilish yaxshi imkoniyat berishiga guvoh bo‘ldik va shunday qilib korzinka.uz paydo bo‘ldi”.

Hozir bizda uch formatdagi 57 ta do‘kon mavjud. Biz spirtli ichimlik va sigaretalardan boshqa har qanday mahsulot sotamiz. Biz bu bilan nimadir yo‘qotamiz deb aytolmayman, negaki men hech qachon bu tovarlarning savdosi bilan shug‘ullanmaganman. Lekin, aynan shu qaror bizning yaxshi imidjimizning omili deb o‘ylayman.

Nima uchun kompaniyalar o‘z ijtimoiy tarmog‘iga ega bo‘lishi kerak?

Hozirda o‘zimizning ichki Facebook — InTouch’imiz mavjud bo‘lib, biz ozchilik bo‘lganimizda, men hamma bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilardim, ammo hozirda safimiz kengayib 4500 kishidan ortiqroqmiz.

Xaridorning o‘rtacha chek narxi va yetkazib beruvchilar bilan munosabati haqida

Bir oy ichida haridorlarga 3 milliondan ortiq cheklar chiqaramiz, o‘rtacha chek narhi esa 120 ming so‘mni tashkil etadi. Mahsulot yetkazib beruvchilarimizga ham oldindan to‘laymiz. Agar kimdir shikoyat, jumladan rasmiylarga shikoyat qilsa, unda ular shartnoma imzolanayotganini tushunishlari va muhokama qilishini tushunishlari kerak. Shunday ekan hammaning o‘z tanlov huquqi bor — biz mamlakatdagi yagona tarmoq emasmiz: supermarketlar bozorning bor-yo‘g‘i 8% ni egallaydi, qolgani esa bozorlardan iborat.

“Biznesda barchasini qiziqish boshqaradi. Shunday ekan, mahsulotingiz bizning peshtaxtamizdan joy olishi uchun supermarket talablariga mos kelishi kerak. Masalan, mahsulot eksklyuzivlik jihatidan yoki o‘sha mahsulotni sotib olish uchun keluvchi xaridorlarga ma’qul kelishi kerak”.

Ko‘pchilik o‘z mahsulotining peshtaxtadan joy egallasa, marra endi meniki, deb o‘ylaydi. Aslida bu hali boshlanishi bo‘lib, ularning ham raqobatchilari bo‘lgani kabi bizda ham shunday qo‘rquv va tashvishlar ham borligini yodda bo‘lishi kerak. Masalan o‘zim shu paytgacha oltita savdo nuqtalarimni yopdim.

Ish haqi va birinchi million haqida

Biznesni boshlaganingizda, istaklaringiz o‘lchovini avvaldan bilasiz. Shunday ekan, qanday qilib, qayerda 1 000 000$ hisoblaganimni aniq eslayman. Keyin bu holat esdan chiqa boshlaydi, chunki siz undan-da qadrliroq boshqa tushunchalar mavjudligini tushuna boshlar ekansiz.

“Bunday muhim qadamni qanday bosib o‘tganimni ham eslay olmayman. Shunday bo‘lsa-da, men maosh hisobiga yashayman. Tesla avtomobili-yu va boshqalar — maoshim ortidan kelgan.”

Iqtiboslar

“Eng muvaffaqiyatli savdo — mahalliy chakana savdosi bo‘lib, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniyada aynan shunday. Shuning uchun ham chakana savdo mahalliy biznes ekanligidan xursandman, ayniqsa uning foydali tomoni joylashgan yeridadir.

“Biznesda eng asosiysi, yaxshi javoblarni bilish emas, balki to‘g‘ri savollarni berishdir”

“Men biznesni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lmish geografik (kengaytirilgan, yangi bozorlarga chiqish) jihatdan kengayishiga qo‘shilaman”.

“20 yoshli yigitga shunday maslahat bergan bo‘lardim: biron sohada mutaxassis bo‘lish o‘ta muhim tushuncha. O‘rdak kabi bo‘lmang: u uchishi, suzishi va yurishi mumkin. Yaxshisi yo uching, yo suzing yoki piyoda yuring: faqat bitta xizmatni amalga oshiring”.

“Natija — o‘z bosib o‘tgan yo‘lini oqlashi va yo‘l natijalariga loyiq bo‘lishi kerak. Natija qanday bo‘lishini ko‘rmasdan turib bosilgan yo‘l faqat kosmosda bo‘lishini unutmang. Avvaldan qo‘yilgan maqsad esa bosib o‘tilayotgan yo‘lga ma‘no beradi.”

Yuqoridagi javoblar intervyuning bir qismi. To‘liq videoni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin:

To’liq INTERVYU

Manba: BIG MONEY, Spot

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.