Andijon filiali
Metrologiya sohasida innovatsion yondashuv va amaliy natijalar
Bugungi kunda metrologiya sohasida normativ-huquqiy bazaning izchil takomillashtirilishi va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilishi natijasida kalibrlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.
Shu maqsadda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Andijon filialida ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti asosida joriy etilgan sifat menejmenti tizimi doirasida laboratoriyalar tomonidan mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Akkreditatsiya va standartlashtirish sohasidagi ishlar
2020-yil aprel oyida O‘zDSt 3444:2020 davlat standarti joriy etildi. Ushbu standart asosida 2026-yilda qiyoslash laboratoriyasi qayta akkreditatsiyadan o‘tkazilib, 2026-yil 9-aprel kuni akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma olindi.
Hozirgi kunda qiyoslash laboratoriyasi 8 ta o‘lchash turi – geometriya, massa, elektr, harorat, hajm, bosim, sarf va fizik-kimyoviy yo‘nalishlar bo‘yicha 87 turdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash hamda 30 turdagi sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazib kelmoqda.
Shuningdek, 2021-yil dekabr oyida O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 davlat standarti joriy etildi. Natijada 6 ta o‘lchash turi – geometriya, massa, elektr, harorat, hajm va bosim yo‘nalishlarida 19 turdagi o‘lchash vositalarini kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Amaliy natijalar va yangi yo‘nalishlar
2024-yil davomida kalibrlash laboratoriyasida harorat yo‘nalishi bo‘yicha 4 turdagi o‘lchash vositalari, jumladan:
● quritish shkafi;
● termostat;
● shishali suyuqlik termometrlari;
● raqamli termometrlar;
kalibrlash ishlari joriy etildi.
Shu bilan birga, qiyoslash laboratoriyasida geometriya va harorat yo‘nalishlarida 2 ta sinov uskunasi metrologik attestatsiyadan o‘tkazildi hamda 1 ta o‘lchash vositasi qiyoslandi.
2025-yilda esa kalibrlash laboratoriyasida hajm va bosim yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ta o‘lchash vositasi – 7 turdagi shisha idishlar va manometrlarni kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Qiyoslash laboratoriyasida esa geometriya va bosim yo‘nalishlarida 5 ta sinov uskunasi metrologik attestatsiyadan o‘tkazildi va 1 ta o‘lchash vositasi qiyoslandi.
Moddiy-texnik baza va rivojlanish
Laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish maqsadida 2020–2025-yillar davomida geometriya, harorat, bosim, fizik-kimyoviy, sarf va massa yo‘nalishlari bo‘yicha 40 dan ortiq zamonaviy o‘lchash vositalari xarid qilindi.
2026-yilda esa geometriya va harorat yo‘nalishlari uchun yana 3 turdagi yangi o‘lchash vositalarini xarid qilish ishlari yakunlanish arafasida.
Faoliyat ko‘rsatkichlari
Bugungi kunga qadar:
● kalibrlash laboratoriyasida – 828 ta;
● qiyoslash laboratoriyasida – 195 710 ta;
o‘lchash vositalari qiyoslandi hamda sinov uskunalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazildi.
Bu ko‘rsatkichlar laboratoriya faoliyatining keng qamrovli va tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.
Strategik ahamiyat va istiqbol
Metrologiya sohasida qabul qilinayotgan Prezident farmonlari va qarorlarining asosiy maqsadi:
● eksport salohiyatini oshirish;
● milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini ta‛minlash;
● ichki bozorni himoya qilish;
● eksport geografiyasini kengaytirish
dan iborat.
Shu bilan birga, sinov va o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta‛minlash maqsadida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Fikr bildirish