Hududlar salohiyati

Metrologiya sohasida barqaror rivojlanish

1/2026

 
Navoiy filiali
 
     “O‘zbekiston milliy metro­logiya instituti” Navoiy filiali tomonidan metrologiya so­hasida belgilangan vazifalarni baja­rish, o‘lchashlar birligini ta‛minlash hamda tashkilot va korxonalarga si­fatli metrologik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu faoliyatlar tizimli ravishda olib borilib, sohada muhim natijalarga erishildi. Jumladan, Filialning moddiy-texnik bazasi mus­tahkamlanib, zamonaviy uskunalar bilan ta‛minlandi. Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun maxsus termostatlar, geometrik o‘lchashlar yuqori aniqlikdagi mikroskop hamda 15 dona standart namunalar xarid qilindi.
     Shuningdek, O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti bo‘yicha optika fizika – 1 ta, hajm – 7 ta, o‘lchash vo­sitalarini kalibrlash bo‘yicha 8 tur­ga kengaytirildi. Shu bilan birga mas­sa, termodinamik harorat, geometrik, hajm va fizik-optik kattaliklarni ka­librlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
     Qo‘shimcha ravishda, O‘zDSt 3444:2020 standarti talablariga mu­vofiq kengaytirildi. 4 yo‘nalishda 12 tur bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tka­zilib, kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yilib, qiyoslash laboratoriyasining geomet­riya, fizik-kimyoviy va elektr yo‘na­lishlari bo‘yicha imkoniyatlari oshiril­di, kalibrlash laboratoriyasi esa haro­rat kattaliklari yo‘nalishida kengay­tirildi.
     Ilmiy salohiyatlarni yanada rivoj­lantirish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universi­tetning Metrologiya, standartlash­tirish va sertifikatlashtirish kafedrasi filiali ochildi hamda kadrlar tayyor­lash, amaliyotlarni tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvat­lashga qaratilgan anglashuv memo­randumi imzolandi.
     Buning natijasida innovatsion ish­lanmalar ham amalga oshirildi. Filial mutaxassislari tomonidan “ST-100” suyuqlik termostati ixtiro qili­nib, sinovdan o‘tkazildi. Mazkur qu­rilma yuqori aniqlikda haroratni bar­qaror saqlash imkonini berib, turli termometrlarni qiyoslash va kalibr­lashda qo‘llaniladi. Kimyo, metallur­giya, qurilish, neft-gaz, tibbiyot ham­da metrologiya laboratoriyalarida keng foydalanish uchun mo‘ljallan­gan.
     Hozirda bir qator laboratoriya­lararo solishtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bular qatorida harorat, bosim, vakuum, hajm va elektr o‘l­chash vositalari bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.