Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Navoiy filiali
“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Navoiy filiali tomonidan metrologiya sohasida belgilangan vazifalarni bajarish, o‘lchashlar birligini ta‛minlash hamda tashkilot va korxonalarga sifatli metrologik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu faoliyatlar tizimli ravishda olib borilib, sohada muhim natijalarga erishildi. Jumladan, Filialning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy uskunalar bilan ta‛minlandi. Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun maxsus termostatlar, geometrik o‘lchashlar yuqori aniqlikdagi mikroskop hamda 15 dona standart namunalar xarid qilindi.
Shuningdek, O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti bo‘yicha optika fizika – 1 ta, hajm – 7 ta, o‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha 8 turga kengaytirildi. Shu bilan birga massa, termodinamik harorat, geometrik, hajm va fizik-optik kattaliklarni kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shimcha ravishda, O‘zDSt 3444:2020 standarti talablariga muvofiq kengaytirildi. 4 yo‘nalishda 12 tur bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazilib, kalibrlash ishlari yo‘lga qo‘yilib, qiyoslash laboratoriyasining geometriya, fizik-kimyoviy va elektr yo‘nalishlari bo‘yicha imkoniyatlari oshirildi, kalibrlash laboratoriyasi esa harorat kattaliklari yo‘nalishida kengaytirildi.
Ilmiy salohiyatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetning Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish kafedrasi filiali ochildi hamda kadrlar tayyorlash, amaliyotlarni tashkil etish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.
Buning natijasida innovatsion ishlanmalar ham amalga oshirildi. Filial mutaxassislari tomonidan “ST-100” suyuqlik termostati ixtiro qilinib, sinovdan o‘tkazildi. Mazkur qurilma yuqori aniqlikda haroratni barqaror saqlash imkonini berib, turli termometrlarni qiyoslash va kalibrlashda qo‘llaniladi. Kimyo, metallurgiya, qurilish, neft-gaz, tibbiyot hamda metrologiya laboratoriyalarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Hozirda bir qator laboratoriyalararo solishtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bular qatorida harorat, bosim, vakuum, hajm va elektr o‘lchash vositalari bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi.
Leave a Reply