Islohotlar samarasi

Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkilotiga a‛zolikning muhim jihatlari

1/2026

 
     O‘lchashlar savdo munosabatlarining deyarli barcha bosqichlarida muhim o‘rin tutadi. Mah­sulotning og‘irligi, hajmi, miqdori yoki tarkibini to‘g‘ri aniqlanishi xaridorni ham, sotuvchini ham zarar ko‘rishdan saqlashdir. Shu bois o‘lchash natijalari ishonchli va talab etilgan aniqlikda bo‘lishi zarur. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarida zararli moddalar, pestitsidlar, antibiotiklar, gormonlar yoki toksinlar mavjud emasligini aniqlash mahsulotni to‘g‘ri yorliqlashda hamda uning og‘irligini adolatli belgilash iste‛molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
     Yirik savdo operatsiyalarida o‘lchash xatoligi juda katta moliyaviy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, quvur orqali o‘tayotgan neft hajmini o‘lchashda hatto foizning kichik qismiga teng xatolik ham hisob-fakturada ulkan farqni keltirib chiqaradi. Bunday holatda bitim ish­tirokchilaridan biri nohaq zarar ko‘ra­di, davlat esa soliq tushumla­ridan mah­rum bo‘lishi mumkin. Shu sa­babli aniq va ishonchli o‘lchash tizimi iqtisodiy adolat, moliyaviy shaffoflik va davlat manfaatlarini ta‛minlashning muhim vositasi hisob­lanadi.
     Texnik reglamentlar va standartlar ishlab chiqishda metrologik tizim mavjud bo‘lishi, ushbu standart va reg­lamentlar savdoda texnik to‘siqqa aylanishini, xara­jatlarni oshirilishini, tovarlar harakatini cheklanishini yoki qayta-qayta sinovlar o‘tkazilishini oldini oladi.
     Shuningdek, turli mamlakatlarda ishlab chiqarilgan detallar va komponentlarni bir-biriga mos holda yig‘ish uchun yagona va uyg‘un o‘lchash tizimi talab etiladi.
     Shu bois global savdo, sanoat kooperatsiyasi va mahsulotlar xavfsizligi xalqaro darajada tan olingan yagona o‘lchash tizimiga bevosita bog‘liqdir.
     Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) – o‘lchash vositalarini davlat tomonidan tartib­ga solish sohasida xalqaro hamkor­likni ta‛minlovchi tashkilot hisobla­nadi. U 1955-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsadi turli davlat­larda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va metrologik talablarni uyg‘un­lashtirishdan iborat. OIML bosh vakolatxonasi Fransiyaning Parij shahrida joylashgan.
     Dastlab tashkilotga Yevropa mamlakatlari a‛zo bo‘l­gan va ular xalqaro savdoda adolatli va aniq o‘lchash tizimini yaratish zaruratidan kelib chiqqan holda bir­lashgan. Keyinchalik boshqa qit’alardan ham ko‘plab davlatlar qo‘shildi.
     Hozirgi kunda OIML tarkibiga 63 ta to‘laqonli a‛zo davlat va 66 ta kuzatuvchi (corresponding) a‛zolar kiradi.
     Tashkilotning asosiy vazifalariga:
     ● metrologiya sohasida xalqaro tavsiyalar ishlab chiqish,
     ● o‘lchash vositalarining muvofiqligini ta‛minlash,
     ● savdo va iqtisodiy munosabat­larda ishonchli o‘l­chashlarni ta‛min­lash kiradi.
Shuningdek, OIML tomonidan qabul qilingan stan­dartlar va tavsiyalar dunyo bo‘ylab milliy metrologiya tizimlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
     Yuqoridagi ma‛lumotlar asosida OIMLga to‘liq a‛zo­likning muhim jihatini rasmiy-amaliy mazmunda shunday shakllantirish mumkin: OIMLga to‘liq a‛zolik uning 1955-yilda imzolangan Konvensiyasini rati­fikatsiya qilish orqali ta‛minlanadi.
Korrespondent a‛zolik OIML faoliyatini kuzatish va axborot olish imkonini beradi, to‘liq a‛zolik esa – A‛zo davlat sifatida jarayonlarda ovoz berish, texnik qarorlarni qabul qilish o‘z taklif va tashabbus­larini olg‘a surish va o‘lchash vosita­larini sertifikatlash­tirish tizimi (OIML- CS) tizimda faol ishtirok etish uchun asosiy shart hisoblanadi. To‘liq a‛zo­lar Xalqaro qonunlashtiruvchi met­rologiya bo‘­yicha qo‘mita (CIML) va Konferensiya qarorlari bo‘­yicha ovoz berish hu­quqiga ega.
     Korrespondent a‛zolik imko­niyatlari cheklangan.
     Korrespondent a‛zo OIML hujjat­laridan foydalanishi, texnik ishlarda ishtirok etishi va izohlar berishi mumkin, biroq ovoz berish huquqiga ega emas; OIML texnik qo‘mitalari turli ishchi guruhlari (TK/SC/PG)da asosan kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Bu milliy manfa­atlarni standart va tavsiyalar ishlab chiqish jarayonida to‘liq himoya qilish imkoniyatini cheklaydi.
 
 
Nuriddin RAYMJONOV, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Bosh metrologi
 
 
Siz maqolaning to‘liq matnini jurnalning bosma nashrida o‘qishingiz mumkin.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

  • АФИША

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Oloy , 1

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.