O‘zbekiston hamda Yaponiya hukumati o‘rtasida 2020 yil 17 iyunda sog‘liqni saqlash tizimiga grant ajratish to‘g‘risida hukumatlararo notalar almashinuvi imzolangan.
Norma’ning yozishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalariga 500 mln iyena miqdoridagi grant dasturi doirasida Yaponiyada ishlab chiqarilgan tibbiy texnika yetkazib beriladi.
Yaponiya hukumati tomonidan Crown Agens Japan Limited kompaniyasi barcha xaridlarni amalga oshirish va yetkazib berish bo‘yicha vakil etib tayinlandi.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiyaning vakolatli banki bilan banklararo shartnomani tuzish topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek xaridlar jarayonini monitoring qilish topshirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga loyihani amalga oshirish doirasida Yaponiya vakolatli bankining vositachilik xarajatlarini fond mablag‘lari hisobidan qoplab berish tavsiya etildi.
Manba: Kun.uz