«Zamin» fondi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAOning yangi «Noyob tabiiy meros» qo‘shma loyihasini amalga oshirish boshlanmoqda.

    

 



     Loyiha to‘plangan tajribani avloddan avlodga yetkazish va resurslarni boshqarish sohasidagi yangi bilimlar tufayli mintaqaning noyob agroekotizimlarini asrashni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

     Loyihaning muhim vazifasi O‘zbekistondagi noyob agroekotizimlarni aniqlash va o‘rganish hamda keyinchalik ularni Global ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari (GIAHS) ro‘yxatiga kiritishdan iborat.

 



     Loyiha doirasida FAO, Jahon sabzavotchilik markazi (ATSIRO), Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ekspertlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI, Ipakchilik ITI, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ITI mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ular kelgusida O‘zbekistonning noyob tabiiy merosi obyektlarini o‘rganish va ularning katalogini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

 

 

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Buyurtma qilish

    Buyurtma qilish
  • АФИША

  • Реклама

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Bog’lanish

    O’zbekiston, 100000, Toshkent sh., Matbuotchilar ko’ch., 32

  • Obuna bo’lish

    Obuna bo'lish uchun o'z e-mailingizni kiriting
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.