(O´zbek) AQSH Eksimbanki vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

     AQSH Eksport-import banki vakili amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
     AQSH Eksport-import bankining kreditlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘yicha katta vakili Duglas Fray 15−19 may kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga tayangan holda.
     Tashrif doirasida 16−17 may kunlari Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
     Duglas Fray Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Asaka» va «O‘zsanoatqurilishbank» banklari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
     Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi vaqtida Milliy bank va Eksimbank o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan Amerika kompaniyalariga 100 mln dollargacha hajmda kreditlar ajratiladi.
     O‘zbekiston va AQSH Eksimbanki 2017 yilning sentyabrida 13 yillik tanaffusdan so‘ng hamkorlikni qayta tiklagan edi.

Источник: «Газета.uz»

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • Скоро

    2/2019

    № 2/2019

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • Купить журнал

    PodpiskaПо вопросам приобретения журнала обращайтесь в отдел распространения и подписки редакции.

    Адрес:  г. Ташкент,
    ул. Ислама Каримова, 55.

    • Телефон:
    • (99897) 773-22-91.

    Также вы можете приобрести журнал в киосках города.

     

  • Подписка на журнал

    Подписка на журнал
  • ЭЛЕКТРОННАЯ ВЕРСИЯ

    ЭЛЕКТРОННАЯ ВЕРСИЯ
  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    chekIn г. Ташкент, ул. Ислама Каримова, 55.

    mailSmall info@evu.uz

    phone+99871 239-11-25, +99897 773-22-91.

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.