Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
AQSH Eksport-import banki vakili amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
AQSH Eksport-import bankining kreditlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘yicha katta vakili Duglas Fray 15−19 may kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya
xabar qildi TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga tayangan holda.
Tashrif doirasida 16−17 may kunlari Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
Duglas Fray Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Asaka» va «O‘zsanoatqurilishbank» banklari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi vaqtida Milliy bank va Eksimbank o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan Amerika kompaniyalariga 100 mln dollargacha hajmda kreditlar ajratiladi.