(O´zbek) Germaniya O‘zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun 120 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratadi

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

     Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer O‘zbekistonga 2 kunlik tashrifi davomida O‘zbekiston hukumatini islohotlar yo‘lini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda DW nemis nashri xabar berdi.  
     Shtaynmayyer O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan keyin O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi yutuqlari ortidan “katta hurmat bilan” kuzatishini ta’kidlab o‘tgan. 
     “Markaziy Osiyo respublikasi rahbariyati islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettirishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Germaniya prezidenti. 
Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, “Islohotlar har doim ham so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanmasligini, biroq orqaga yo‘l yo‘qligini” ta’kidlab o‘tgan. 
Shu kuniyoq ikki davlat vakillari hamkorlikni kengaytirish haqidagi kelishuvni imzolashgan. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish masalalari vazirligi keyingi 2 yil ichida bu maqsadlarda 123,8 mln yevro ajratishga va’da bergan.
     Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qamrab oladi. Berlin ajratadigan mablag‘lar, jumladan, O‘zbekiston viloyatlaridagi shifoxonalarni modernizatsiyalash, tibbiy personal uchun ta’lim dasturlari, silga qarshi kurash hamda qishloq xo‘jaligini mustahkamlash uchun yo‘naltiriladi.

Источник: «Kun.uz»

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • АФИША

  • Реклама

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Матбуотчилар, 32

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.