Import qilinuvchi oyoq kiyimlar (kod TN VED 6401−6405) uchun boj stavkasini 1 iyuldan 10 o‘rniga 30 foiz etib belgilash rejalashtirilmoqda. Bu «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tayyorlagan O‘zbekiston prezidanti qarori loyihasidan o‘rin olgan. Qarorda har juft oyoq kiyimi uchun

Xuddi shu sanadan soha ichida sotish uchun mo‘ljallangan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni soliqqa tortmaslik ham taklif qilingan.

Qo‘shimcha ravishda, oyoq kiyimlari, charm, jun, qorako‘l va sun’iy teridan tayyorlangan mahsulotlar bo‘yicha davlat xaridlari, jumladan strategik ob’ektlar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 20 foizga narx ustunliklarini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo tashkilotlar tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun bo‘sh va foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini «nol» qiymatda olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ularni 2022 yil 1 iyuliga qadar yer solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

Uyushma ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvarda 91 nafar yuridik shaxs uning tarkibidan o‘rin olgan. Kompaniyalarning ochiq ro‘yxati mavjud emas. «O‘zcharmsanoat”dan «Gazeta.uz”ga uyushma a’zolari ro‘yxatini faqatgina yozma so‘rovnoma orqali olish mumkinligi ma’lum qilindi.

Hujjat loyihasi 23 iyunga qadar davom etadi.

2018 yil may oyida O‘zbekistonda imtiyozlar taqdim etishning yangi tartiblari o‘rnatilgan edi. Unga ko‘ra, butun boshli sohalar, faoliyat yo‘nalishlari yoki hududlarga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar faqatgina qonunlar va prezident hujjatlari asosida taqdim etilishi lozim. Bunda ular aniq maqsadga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarni ta’minlay olishi lozim.

Xuddi shu yilning dekabrida Shavkat Mirziyoyev mamlakatda bosqichma-bosqich soliq imtiyozlari va preferensiyalar bekor qilinishi, bu kabi holatlar raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tadbirkorlarning o‘zlari ham tan olayotganini ta’kidlab o‘tdi. «Barcha teng bo‘lishi kerak. Bozor shafqatsiz, biroq barcha uchun teng imkoniyatlar bo‘lishi kerak», — degan edi prezident.

Aprelda Davlat bojxona qo‘mitasi import qilinayotgan mineral suvlar uchun boj miqdorini 30 foizdan 50 foizga oshirishni taklif etdi. May oyida esa prezident qarori bilan «O‘zeltexsanoat» korxonalari 2022 yilgacha imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘ldi.

Источник: «Газета.uz»