Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi (Stratcom Summit’24) “Kommunikatsiyada Sun’iy Intellekt: Tendentsiyalar, Tuzoqlar va O‘zgarishlar” mavzusida 13-14 dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Turkiya Republikasi Vitse-Prezidenti Jevdet Yilmaz va Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning ochilish nutqlari bilan boshlanadigan forumga, Tashqi Ishlar Vaziri Hakan Fidan, ko’plab davlatlarning kommunikatsiya, axborot va media vazirlari hamda aloqa rahbalari ishtirok etadi.
Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Altun:
“Biz Stratcom global bir brend va yetakchi hamkorlik markaziga aylanganidan juda xursandmiz”.
“Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o’zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o’zgarishning, shuningdek, e’tibor berilishi kerak bo’lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Biz Istanbulda o’tkazayotgan Stratcom 24da, dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sun’iy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirishimiz kerakligi kabi masalalarni muhokama qilamiz.
Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi tomonidan bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro Strategik Kommunikatsiya Forumi (Stratcom Summit’24) “Kommunikatsiyada Sun’iy Intellekt: Tendentsiyalar, Tuzoqlar va O‘zgarishlar” mavzusida 13-14 dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Turkiyaning eng katta aloqa sammiti bo’lgan Stratcom Summit’24 xalqaro aloqaning yetakchi shaxslarini bir joyga to’playdi va sun’iy intellekt bilan birgalikda kommunikatsiya sohasidagi o’zgarishlarni muhokama qiladi.
Vitse-prezident Jevdet Yilmaz va Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning ochilish nutqlari bilan boshlanadigan forumga, Tashqi Ishlar Vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etadi.
Ishtirokchilarga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Melissa Flemingning videomurojaati taqdim etiladi.
Shuningdek, forumda Prezidentning Tashqi siyosat va xavfsizlik bo’yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich, Ozarbayjon Respublikasi Vitse-Prezidenti Hikmet Xojiyev, Liviya Aloqa va siyosiy ishlar bo’yicha Davlat Vaziri Valid Ammar Ellafi, Livan Axborot Vaziri Zaid Makarİ, Serbiya Axborot va Telekommunikatsiya Vaziri Dejan Ristich, Pokiston Axborot va nashrlar, Milliy meros va madaniyat Vaziri Attaulla Tarar, Falastin Telekommunikatsiya va raqamli iqtisodiyot Vaziri Dr. Abed-Alrazzaq Natsheh, Gabon Aloqa va Media Vaziri Laurence Ndong, Shimoliy Kipr Turk Republikasi Tashqi Ishlar Vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘li, NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Mari-Doha Besancenot, Birlashgan Qirollik Bosh Vazirligining Davlat aloqa xizmati, Savdo va farovonlik amaliyotlari bo’yicha rahbari Emma Turner va boshqa ko’plab davlatlar vazirlari hamda kommunikatsiya tashkilotlari rahbarlari panellarda nutq so‘zlashadi.
“30 ta davlatdan keng ko’lamli ishtirok bilan 3 mingdan ortiq mehmon Istanbulda uchrashadi”.
Ikki kun davom etadigan dasturda, sun’iy intellektning kommunikatsiya sohasida yuzaga keltirgan o’zgarishlari barcha jihatlari bilan ko’rib chiqiladi, yangi texnologiyalar tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinadi.
Stratcom Summit’24 kommunikatsiya sohasidagi sun’iy intellektning o’zgartiruvchi ta’siriga e’tibor qaratadi va ommaviy kommunikatsiya, yangi aloqa strategiyalari, jurnalistika, raqamli media va diplomatiya, dezinformatsiyaga qarshi kurash va inqirozni boshqarish, raqamli axloq va kiberxavfsizlik kabi turli dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Xalqaro strategik kommunikatsiyalar forumida 30 davlatdan yetakchi davlat va xususiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlaridan 64 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.
8 ta panel, 4 ta ma’ruza va 6 ta individual sessiyalardan iborat forum 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlarni qabul qiladi.
Tadbirda davlat idoralaridan tortib xususiy korxonalargacha, fuqarolik jamiyatidan tortib tahlil markazlarigacha bo‘lgan turli sohalardagi kommunikatsiya sohasi mutaxassislari, shuningdek, olimlar va universitet talabalarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Dasturning birinchi kunida “Milliy strategiyada sun’iy intellekt: raqamli transformatsiya va strategiya”, “Sun’iy intellekt davrida raqamli shaffoflik: ma’lumotlar xavfsizligi orqali jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash”, “Xalqaro strategik aloqada sun’iy intellekt: Global hamkorliklar va huquqiy tartibga solish”, “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sun’iy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” panellari tashkil etiladi.
Shuningdek, bir kunda 3 ta alohida individual mashg’ulotlar bo’lib o’tadi. Prezidentning Tashqi siyosat va xavfsizlik bo’yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich «Sun’iy intellekt davrida Turkiyaning milliy xavfsizlik istiqbollari», Ozarbayjon Respublikasi Vitse-Prezidenti Hikmet Xojiyev “Sun’iy intellekt va strategik taraqqiyot: Ozarbayjon kelajagiga qarash”, Falastin Telekommunikatsiya va raqamli iqtisodiyot Vaziri Dr. Abed-Alrazzaq Natsheh esa «Raqamli o’zgarishni shakllantirish: Falastinning telekommunikatsiya qarashlari» mavzusida nutq so’zlashadi.
Stratcom Summit 24 ning ikkinchi kunida esa » Krizis onlarida sun’iy intellekt tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan kommunikatsiya: jamoat xavfsizligi strategiyalari», «Kommunikatsiyada sun’iy intellekt tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan kiberxavfsizlik: Xavfsizlikni ta’minlash», «Sun’iy intellektning jurnalistika sohasiga ta’siri: Deepfake tahdidi qarshisida tarafkashlik va to’g’rilikni saqlash», «Sun’iy intellekt va aloqa etikasi: Shaffoflik va javobgarlikni boshqarish» sarlahvalari ostida mutaxassislar o’z tahlillarini taqdim etadilar.
“Axborot asrida tahdidlarning oldini olish va himoya qilish: NATO bilan intervyu”, «“Neyrotexnologiyani o‘zgartirishda sun’iy intellektning o‘rni”, «San’at texnologiyalaridagi yangi ufqlar», “Sun’iy intellekt va diplomatiya: Turkiyaning texnologiyaga yo‘naltirilgan kelajakni ko‘rish strategiyasi”, “Ommaviy kommunikatsiyalar samaradorligining global strategiyalari”, “Sun’iy intellekt va raqamli ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish”, “Tinchlik o‘rnatishda raqamli diplomatiyaning o‘rni” mavzularidagi ma’ruza va individual shaklda o‘tkaziladigan sessiyalarda sun’iy intellektning tashqi siyosat va aloqa faoliyatlarini davlatlar va xalqaro tashkilotlar nuqtai nazaridan qanday shakllantirayotganiga e’tibor qaratiladi.
Tadbir maydonida esa Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi, TRT (Turkiya teleradiokompaniyasi), AA (“Anadolu” Agentligi), Matbuot reklama agentligi, Mudofaa sanoati boshqarmasi (SSB), TOBB, ITU va Yıldız Texnik Universiteti stendlari ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi. Tadbirga qatnashuvchilar shunigdek tadbir uchun maxsus ishlab chiqilgan sun’iy intellekt tajriba zonalarini ham ko’rishga muyassar bo‘ladilar.
“Stratcom 24 xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi”
Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Altun: “2021- yilda Stratcom Sammitini tashkil etishga qaror qilganimizda, sammitimiz strategik aloqa sohasida ishlayotgan va bu soha bilan qiziqadigan har bir kishi uchun xalqaro muloqot muhiti va global platforma bo’lishini maqsad qilgan edik. O’tgan vaqt mobaynida Stratcom bugungi kunda global brend va yetakchi muloqot markaziga aylanganidan juda xursandmiz.” dedi.
Stratcomning shu doirada tashkil etilgan Hackathon, StratcomYouth, Favqulodda holatlarda kommunikatsiya, va Stratcom Akademiyasi kabi qo‘shimcha tadbirlar bilan Turkiyaning eng katta va eng keng qamrovli xalqaro kommunikatsiya sammiti ekanligini ta’kidlagan Altun:
“Bu yil ham dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, kommunikatsiya mutaxassislari va o’z sohalarida tajribaga ega bo‘lgan olimlarni Istanbulda bir joyga yiqqanimizdan faxralanamiz. Bu yilgi forum diqqatini hozirgi davrning eng muhim mavzularidan biri bo‘lgan “Kommunikatsiyada Sun’iy Intellekt: Tendentsiyalar, Tuzoqlar va O‘zgarishlar” temasiga qaratadi. Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o’zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o’zgarishning, shuningdek, e’tibor berilishi kerak bo’lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Biz Istanbulda o’tkazayotgan Stratcom 24da, dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sun’iy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirishimiz kerakligi kabi masalalarni muhokama qilamiz.
Men bu yil to‘rtinchi marotaba o’tkazilayotgan Stratcom Summit 24 xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, axborot almashishni oshirish va muammolarni hal qilish yondashuvlarini joriy etishda muhim qadam bo‘lishiga ishonaman”.