(O´zbek) Nega dasturlash bu yangi savodxonlik va nega bolalarni bunga o’qitish kerak

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Dasturlashni bilish  ham o’qishni bilish  kabi muhim. Bular  yangi dunyo va bozor talabidir. Biz ITU  Oliy Iqtisodiyot Maktabining «Umumjahon vakolatlari va yangi savodxonligi» hisobotini tahlil qilamiz bolaga dasturlashni  nima uchun va qanday qilib o’rgatishni tushuntiramiz.

Nima uchun dasturlash yangi savodxonlikning bir qismiga aylandi

Kompyuter savodxonligi ko’nikmalari har kimga kundalik va professional vazifalarni hal qilishga yordam beradi. Isroil Ochiq Universitetining tadqiqotiga ko’ra dasturlash ijodiy fikrlashni rag’batlantiradi va o’rganish ko’nikmalarini rivojlantiradi. “Umumjahon vakolatlari va yangi savodxonligi” ma’ruzasi mualliflari kompyuter savodxonligini rivojlantirishni o’qish, yozish va hisoblashni bilish kabi  savodxonlikning rivojlanish bosqichlari bilan taqqoslashadi.

Savodxonlik tarixida ikki bosqich mavjud:

Birinchi bosqichda matn infratuzilmaning bir qismiga aylanadi. Ular odamlar hayotida markaziy o’rinni egallaydi. Matn qonunlarni yaratish va strategiyalarni ishlab chiqish uchun vosita sifatida ishlatilgan. Bu ayniqsa, shaxsiy guvohnomalar o’rniga yozma matnlar shaklida chiqarila boshlagan yer qonunlariga taalluqlidir.

Ikkinchi bosqichda matn kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanadi. 19-asrdan beri ommaviy savodsizlikni tugatish kampaniyalari tufayli ko’pchilik yozuv va o’qish ko’nikmalarini o’zlashtirdi. Savodxonlik  gazetalarda beriladigaqn ma’lumotlar bilan tanishish, bukletlar fermerlar uchun tavsiyalar va buxgalteriya qarzlarini hisobga olish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishga yordam berdi. Odamlar o’qish va yozish ko’nikmalarini qanchalik ko’p o’zlashtirsalar, ommaviy savodxonlik ham shunchalik ortdi.

Kompyuter savodxonligini rivojlantirishda xuddi shu bosqichlarni ajratish mumkin, faqat rivojlanish asrlar davomida emas, balki o’nlab yillar davomida ro’y beradi.

Davlat ularni ro’yxatga olish uchun ishlatganda, kompyuterlar birinchi navbatda infratuzilmaning bir qismiga aylanadi. Universitetlar, aviakompaniyalar va bank sektori 1950-yillardan boshlab kompyuterlardan foydalanishni boshladi. O’tgan asrning 80-yillarida kompyuterlar ko’pchilik uchun ochiq bo’lib qoldi va kompyuter bilimlari tor mutaxassislar bilimlaridan oddiy odamlar hayotiga kirib bora boshladi. Odamlar kasalxonalarga tashrif buyurishda, davlat boshqaruvi va ta’limni boshqarish bo’yicha ma’lumotlarni tashkil qilishda kompyuterlardan ko’proq foydalanadilar.

Keyinchalik kompyuterlar hayotning bir qismiga aylanadi. Oddiy dastur yoki kodni yozish qobiliyati asta-sekin asosiy mahoratga aylanib bormoqda. Dasturlash va hisoblash fikri imkoniyatlarni kengaytiradi va har qanday mutaxassis uchun — fizikdan tortib jurnalistgacha bo’lgan majburiy talabga aylanadi. Kompyuter kodini o’qish va tushunish qobiliyati tobora ommalashib bormoqda, shuning uchun dasturlash maxsus bilimlardan universal savodxonlikka o’tmoqda. Bu zamonaviy aloqa va ish qurollari — kompyuterlardan foydalanish savodxonligi. Va agar bu savodxonlik jihati bo’lsa, u bolalikdan rivojlantirilishi kerak.

Dasturlash qanday qilib sizga muammolarni  hal qilishni o’rgatadi

Dasturlash hisoblash tafakkurini rivojlantiradi. Bu kompyuter fanidagi muammolarni hal qilish uchun texnik vositalar to’plami, ammo har qanday sohada qo’llanilishi mumkin. Masalan, hisoblash fanlari ta’limga yordam beradi. Maxsus platformada talabalar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar to’planadi. Ma’lumotlardan foydalangan holda o’qituvchi yangi o’quv dasturini tuzishda samarasiz topshiriqlarni kuzatib boradi.

Hisoblash tafakkuri bizga muammoni shakllantirishga, yechim izlashga va uni tahlil qilishga o’rgatadi. Dasturlash — bu hisoblash fikrining bir qismi va uni o’zlashtirishning eng samarali usuli. Masalan, dasturlashdan oldin biz tahlil qilamiz va vazifalarni qismlarga ajratamiz. Dasturlash hisoblash tafakkurini aniqlashtiradi va bilim olish uchun vosita bo’lishi mumkin.

Nega bolalarni dasturlashga o’rgatish kerak

Pedagogikada konstruktivizmning mafkurachisi Jan Piaget quyidagi g’oyani taklif qildi: bolalar dunyoni qanday qabul qilish kerakligi haqida emas, balki ular ko’rgan narsalari to’g’risida o’zlarining fikrlarini shakllantirishganida va o’zlarining xulosalarini chiqarganlarida tezroq o’rganadilar. Bolalar passiv bilim oluvchilar emas, aksincha ularni o’zlari quradilar.

Dasturchi va sun’iy intellekt nazariyasining asoschilaridan biri Seymur Peypert qo’shimcha qildi: samarali ta’lim o’quvchi talaba o’zi uchun muhim obyektni yaratganda- xoh u qumqasr bo’lsin, xoh nazariya bo’lsin ro’y beradi. Konstruksionizm ikki turdagi konstrulsiyalashni birlashtiradi: bolalar narsalarni dunyoda ganday ko’rishsa, shundayligicha qurishadi va miyalarida yangi g’oyalar qurishadi. Ikkita turdagi konstruksiyalash ta’limning uzluksiz spiralini yaratadi: bolada yangi g’oyalar paydo  bo’lganda u haqiqiy hayotda yangi narsalarni quradi. Dasturlash bolalarga ushbu g’oyalarni hayotga tatbiq etishga yordam beradi.

Dasturlash orqali bolada hisoblash tafakkuri rivojlanadi. Hisoblash tafakkuri bolalarga muammolarni yechish, ijodiy fikrlash, o’rganish va jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Muammoni hal qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi

Dasturlash va hisoblash tafakkuri bolalarga tarmoq aloqalari: chat, video konferensiya va ijtimoiy tarmoqlar haqida bilib olishga yordam beradi. Murakkab muammolarni yechishda bolalar hisoblash integratsiyasining to’rtta asosiy tarkibiy qismlaridan foydalanadilar.

Bolalarga dasturlashni kelajakda dasturchi bo’lish uchun  o’rgatish kerak emas. Dasturlashning vazifasi bolalarni hisoblash tafakkuriga tayyorlashdan iborat bo’lib, bu ularga 21-asrning turli yechimdagi murakkab vazifalarini ishonchli hal qilishga yordam beradi.

Bolalar hisoblash» yondashuvlarini turli xil kontekstlarda va fanlarda » qo’llashlari mumkin. Agar bola katta vazifani kichik bo’laklarga ajratishni, turli xil elementlardagi o’xshashliklarni topishni, ahamiyatsiz tafsilotlarni aniqlashni va yo’q qilishni, natijani olish uchun bitta algoritmda bo’laklarni yaratishni o’rgangan bo’lsa, u har qanday  muammolarni hal qila oladi.

Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi

Scratch dasturlash tilini ishlab chiqqan tadqiqot guruhi rahbari Mitch Reznik- ijodkorlik qo’llab-quvvatlanishi, tarbiyalanishi va rag’batlantirilishi mumkinligiga ishonadi.

Kompyuterda bolalar ma’lumotni qabul qiladilar, o’yin o’ynaydilar va ozgina vaqt ixtiro qiladilar va o’zlariga tegishli narsalarni yaratadilar. Scratch, Alice yoki Code kabi bolalar uchun dasturiy vositalarning ko’payishi bilan tendensiya o’zgarishni boshladi. Ushbu vositalar yordamida bolalar o’yinlar, animatsiyalar, hikoyalar va san’at elementlarini yaratishni o’rganadilar. Dasturlash ijodkorlikni qo’llab-quvvatlashga va rag’batlantirishga yordam beradi, g’oyalaringizni ifoda etish va shaxsingizni ochib berish uchun ilhom manbalarini ochadi.
Манба: EVU BUSINESS

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • АФИША

  • Реклама

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Матбуотчилар, 32

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.