(O´zbek) Xorijda ishlayotganlarga pensiya qanday tayinlanadi?

Sorry, this entry is only available in Uzbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, shuningdek to‘langan yagona ijtimoiy to‘lovini, pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish hukumatning 2016 yil 22 fevraldagi 46-son qaroriga ko‘ra tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi, deyiladi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatining Kun.uz saytiga taqdim etgan ma’lumotida.

Nizomga muvofiq, chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

Chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

Bugungi kunda chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan bir yil uchun to‘lanadigan ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori 2020 yil 1 dekabr holatiga 1 181 115 so‘mni tashkil etadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

har oyda yoki har chorakda;
bir yo‘la — O‘zbekistonga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida. 

Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda yagona ijtimoiy to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashni to‘xtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan so‘nggi sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. 

Pensiya jamg‘armasiga to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdori yagona ijtimoiy to‘lovning belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag‘larni qo‘shimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.

Manba Kun.uz

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

  • Make an Order

    Make an Order
  • AFFICHE

  • Advertising

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Contacts

    32, Matbuotchilar Street, Tashkent 100000 Uzbekistan

  • Subscribe To News

    (Русский) Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Any reproduction or use of excerpts from publications can be made only with the written consent of the publisher; when reprinting materials, a link to the source is required.