(O´zbek) 2026-yilda Butunjahon mеtrologiya kuni munosabati bilan dirеktorlar murojaati

1/2026
1/2026

Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     Har yili Butunjahon metro­logiya kuni jamiyat hayo­tida o‘lchashlar qanday muhim o‘rin tutishini, shuningdek, o‘lchash na­tijalariga butun dunyo bo‘ylab isho­nish, ularni solishtirish va ularga tayanish imkonini beradigan hamkor­likni yana bir bor yodga olish uchun imkoniyat yaratadi.      Xalqaro Metrik Konvensiyasining 150-yilligi nishonlangan tarixiy yildan so‘ng, Butunjahon metrologiya ku­ni bizni kelajakka nigoh tashlashga chorlaydi. Bu yilgi mavzu – “Met­ro­logiya: Muhim qarorlarni qabul qi­lishda ishonchni mustah­kam­lash” – ilm-fan, boshqaruv va jamoatchilik ishonchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni, shuningdek, muhim qaror­lar ishonch bilan qabul qili­nishi uchun zamin yaratadigan ko‘zga ko‘rinmas, ammo mu­him mehnatni bevosita aks et­tiradi.      Muhim qarorlarni qabul qilishda nega ishonchni ta‛minlash kerak? Ishonchli o‘lchashlar siyosatchilar va qaror qabul qiluvchilar murakkab masalalarni hal etishda tayanadigan daliliy asosni taqdim etadi – bu aholi salomatligini muhofaza qi­lish va xavfsizlikni ta‛minlashdan tortib, energetika tizimlarini bosh­qarish, atrof-mu­hit monitoringi va kundalik bozor munosabatlarini qo‘llab-quv­vatlashgacha bo‘lgan sohalarni qam­rab oladi. Ma‛lumotlar aniq, solish­tirsa bo‘ladigan va izchil kuzatiladigan bo‘lsa, qarorlar yanada ravshanlik va ishonch bilan qabul qilinadi.      Ishonchli o‘lchashlar nafaqat ilmiy jihatdan asosli, balki aniq va oldindan bashorat qilinadigan qonunlashtiruv­chi tizimlar doirasida qo‘llanil­ganda yanada mustahkamla­nadi. Ilmiy met­rologiya o‘lchashlarning aniqligi va mamlakatlararo taqqos­lanishini ta‛­minlaydi; qonuniylashti­ruvchi metro­lo­giya esa ular­ning amaliyotda izchil va adolatli qo‘lla­nilishini kafolat­laydi. Birgalikda ular siyosat maqsadla­rini jamoat manfa­atiga xizmat qi­ladigan amaliy me‛­yor­larga aylantirishga yordam beradi.
 
     O‘lchashdan amaliy siyosatgacha
 
     Metrologiyaning siyosatga ta‛siri, masalan, sog‘liqni saqlash soha­sida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. COVID-19 pandemiyasi davrida dunyo bo‘ylab metrologiya laboratoriyalari sinovlar, himoya vositalari va vaksina ishlab chiqish uchun ishonchli o‘lchashlarni ta‛minlash yo‘lida ish olib bordi. Taq­qoslanadigan va kuzatiladigan ma‛lu­motlar sog‘liqni saqlash organlariga xatarlarni ba­holash, samaradorlikni oshirish va muhim pallada dalillarga asoslan­gan qarorlar qabul qilish im­konini berdi.      Xuddi shuningdek, uzoq muddatli ekologik monitoring ham ishonchli o‘lchashlarga tayanadi. Atmosfera gazlari, suv sifati va ifloslantiruvchi moddalar bo‘yicha xalqaro darajada solishtiriladigan o‘lchashlar vaqt da­vomida tendensiyalarni kuzatish va inson salomatligi hamda tabiiy re­surslarni himoya qiluvchi tartibni o‘rnatishda davlat organlari foydala­nadigan ma‛lumotlarga asos bo‘ladi. Bu o‘lchashlar qanday amalga oshi­rilishi va qanday taq­qoslanishiga ishonch bo‘lmasa, bunday qarorlar mustahkam tayanchga ega bo‘lmas edi.      Metrologiya sifatni ta‛minlash va adolatli bozor amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlashda ham asosiy o‘rin tutadi. Masalan, oziq-ovqat xavfsizligi soha­sida metrologiya dasturlari mamla­katlarning ifloslantiruvchi moddalar, qoldiq moddalar va oziqaviy tarkibni o‘lchash salohiyatini mustahkamladi. Bu esa davlat organlari va ishlab chi­qaruv­chilarga mahsulotlar belgilan­gan talablarga mos ekanini tasdiq­lashga yordam berdi.      Shu bilan birga, qonuniylash­tiruvchi metrologiya tizimlari savdo­da qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari, jumladan yoqilg‘i tarqatish qurilma­lari, suv va elektr hisobla­gichlari bel­gilangan tartibda ishlashini ta‛min­laydi. Bunday o‘lchash vositalari te­gishli huquqiy nazorat ostida bo‘l­ganda, ishonch nafaqat ishlab chiqa­ruvchilar va iste‛molchilar o‘rtasida, balki davlat organlari bilan ular xiz­mat qilayotgan jamiyat o‘rtasida ham mustahkamlanadi.
 
     Hamkorlik orqali bunyod etilgan ishonch
 
     Natijada metrologiya siyosatni shakllantiradigan dalillar, jamiyatni himoya qiladigan mexanizmlar, shu­ningdek, iqtisodiy va ijtimoiy barqa­rorlik uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.      O‘lchashlar ishonchli va izchil qo‘l­lanilganda, ishonch faqat ma‛lu­motlargagina emas, balki ularga tayanuvchi institutlar, kelishuvlar va qa­rorlarga ham taalluqli bo‘ladi.      Ushbu Butunjahon metrologiya ku­nida biz global metrologiya ham­ja­miyatini ishonchli o‘lchashlarning qa­rorlar shakllanishidagi o‘rni haqi­da fikr yuritishga hamda bu ishonchni ta‛minlaydigan hamkorlik va umumiy sadoqatni e‛tirof etishga chorlaymiz.      Siz bilan birgalikda 20-may kuni ushbu sanani nishonlashni intizorlik bilan kutib qolamiz!

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

  • AFFICHE

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Contacts

    1, Alay Street, Tashkent 100000 Uzbekistan

  • Subscribe To News

    (Русский) Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Any reproduction or use of excerpts from publications can be made only with the written consent of the publisher; when reprinting materials, a link to the source is required.