(O´zbek) Ilk bor Õzbekistonda: Toşkent Butunjahon tuproq kunining rasmiy xalqaro marosimiga mezbonlik qiladi

Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

2026-yil 3-dekabr | Azimut Grand Hotel, Toşkent 3-dekabr kuni xalqaro tuproq hamjamiyatining e’tibori Toşkentga qaratiladi. Õzbekiston ilk bor Butunjahon tuproq kunining rasmiy xalqaro marosimiga mezbonlik qiladi. Tadbir davlat vakillari, xalqaro taşkilotlar, olimlar, fermerlar va yoş mutaxassislarni tuproq salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari atrofida birlaştiradi. Tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan vakillarni birlaştiradi. İştirokçilar marosimga bevosita yoki Zoom platformasi orqali qoşilişlari mumkin. Butunjahon tuproq kuni har yili 5-dekabrda dunyo bõylab nişonlanadi. Rimdagi FAO boş qarorgohida õtkazib kelingan rasmiy xalqaro marosim bu yil Toşkentda bõlib õtadi. Bu yilgi mavzu — «Tuproq ziçlaşuvining oldini oling, oziq-ovqat işlab çiqarişni oşiring!» Tuproq ziçlaşuvi ildizlarning rivojlanişini va suvning tuproqqa singişini qiyinlaştiradi, hosildorlikka salbiy ta’sir kõrsatadi hamda eroziya xavfini kuçaytiradi. Marosimda tuproqni barqaror boşqariş, ilmiy yondaşuvlar va zamonaviy qişloq xõjaligi texnologiyalari orqali bu muammoga yeçim topiş masalalari kõrib çiqiladi. Tadbir Õzbekiston Respublikasi Qişloq xõjaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qişloq xõjaligi taşkiloti (FAO) va uning Global tuproq hamkorligi tomonidan Zamin xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda. Marosimda Õzbekiston Respublikasi Qişloq xõjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, xalqaro taşkilotlar va diplomatik korpus vakillari qatnaşadi. FAO Boş direktori QU Dongyu onlayn qoşilib, oçiliş nutqi bilan murojaat qiladi. Tuproqni muhofaza qiliş sohasidagi yutuqlar Rossiya Federatsiyasi kõmagidagi Glinka Butunjahon tuproq mukofoti va Tailand Qirolligi kõmagidagi Qirol Bhumibol nomidagi Butunjahon tuproq kuni mukofoti orqali e’tirof etiladi. Şuningdek, iştirokçilar «Dunyo tuproq resurslarining holati — 2026» hisobotining Yevropa va Markaziy Osiyoga bağişlangan bõlimi natijalari bilan tanişadi. Marosim 3–4-dekabr kunlari õtkaziladigan «Tuproq salomatligi, barqaror qişloq xõjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi» xalqaro konferensiyasi doirasida bõlib õtadi. OAV vakillarini taklif qilamiz Jurnalistlar, fotograflar va televideniye ijodiy guruhlarini tadbirni yoritişga taklif etamiz. Sana: 2026-yil 3-dekabr Vaqt: 14:00–16:00, Toşkent vaqti Manzil: Azimut Grand Hotel, Toşkent OAV uçun aloqa: Dilfuza Tajiyeva FAOning Õzbekistondagi milliy kommunikatsiyalar konsultanti +998 97 444 87 09 Zoom orqali qatnaşiş uçun rõyxatdan õtiş Tadbir haqida batafsil ma’lumot va dastur   Butunjahon tuproq kuni sayti

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Comments are closed.

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Contacts

    1, Alay Street, Tashkent 100000 Uzbekistan

  • Subscribe To News

    (Русский) Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Any reproduction or use of excerpts from publications can be made only with the written consent of the publisher; when reprinting materials, a link to the source is required.