(O´zbek) Elektron auksion tarixidagi eng qimmat yer maydoni sotildi

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

1,99 gektarli maydon Toshkent shahrining O’sh va Boku ko’chalari kesishmasida joylashgan.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shirinobod mahallasidagi boshlang‘ich narxi 21,6 mlrd.so‘m bo‘lgan tadbirkorlik uchun yer uchastkasi 22,7 mlrd.so‘mga sotildi. Bu haqda Spotga “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 18 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn savdoda 2 nafar ishtirokchi qatnashdi. Auksion g‘olibi 24 oy muddatda 2 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish majburiyatini qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, 1,99 gektarga teng bo’lgan mazkur yer maydoni Toshkent shahrining O’sh va Boku ko’chalari kesishmasida joylashgan bo’lib, unda oshxona, kafelar, savdo uylari, mehmonxonalar, ko‘rgazma zallari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurilishiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, 22 dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolari Sirg‘ali tumanidagi boshlang‘ich narxi 74,4 mln.so‘m bo‘lgan yer uchastkasi uchun 714,4 mln.so‘m narx tasdiqlandi. Ushbu yer uchastkasida ofis binolarini qurishga ruxsat berilgan.

Manba spot

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • АФИША

  • Реклама

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Матбуотчилар, 32

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.