(O´zbek) Metrologiyaga baxshida umr: atanazar ro‘zmetovning ibratli faoliyati

1/2026
1/2026

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     20-may – Butunjahon metrolo­giya kuni munosabati bilan “O‘zbekiston iqtisodiy axbo­rot­nomasi” jurnali maxsus sonida mamlakatimiz metrologiya sohasining rivoji, o‘lchovlar birliligini ta‛minlashdagi yutuqlar va fidoyi mutaxassislar faoliyatini yoritish alo­hida ahamiyat kasb etadi.
     Zero, metrologiya iqtisodiyotning barcha tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun mustahkam poydevor hisoblanadi. O‘lchovlarning aniqligi va bir xilligi mamlakat iqtiso­diyoti raqobatbardoshligini oshiradi, mahsulot sifatini ta‛minlaydi va xal­qaro standartlarga moslashishga xiz­mat qiladi.
     Xorazm viloyatida metrologiya so­hasining shakllanishi va rivojida ko‘p yillik samarali mehnati bilan alo­hida o‘rin tutgan mutaxassislardan biri Ro‘zmetov Atanazar Kenjayevich­dir. U 1962-yil 6-avgustda Urganch shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 35 yildan ortiq vaqt davomida metrologiya tizimida faoliyat yuritgan. Uning meh­nat faoliyati viloyat metrologiya xizmati rivojining muhim bosqich­larini qamrab olgan.
     1984-yilda Farg‘ona politexnika institutini “Shahar va qishloq xo‘jaligi sanoat korxonalarini elektr bilan ta‛minlash” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini mu­handis-mexanik sifatida boshlagan, shuningdek, harbiy xizmatni ham o‘tagan. Keyingi yillarda turli muhan­dislik va rahbarlik lavozimlarida ish­lab, amaliyotda boy tajriba orttirgan. 1989-yildan boshlab esa metrologiya sohasida faoliyat yuritib, Xorazm vi­loyati standartlashtirish, metro­logiya va sertifikatlashtirish markazida ish boshlagan. Shu vaqtdan e‛tiboran u o‘lchov vositalarining aniqligini ta‛­minlash, davlat metrologiya nazora­tini kuchaytirish va mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan.
     Turli yillarda u birinchi darajali muhandis, yetakchi mutaxassis va bosh mutaxassis hamda bo‘lim bosh­lig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan bo‘lib, 2020-yildan “O‘zbekiston mil­liy metrologiya instituti” davlat mu­as­sasasi Xorazm filialida faoliyatini davom ettirgan. 2022-yildan esa “O‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvi” bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
     Ro‘zmetov Atanazar Kenjayevich o‘z faoliyati davomida metrologik tekshiruv, kalibrlash va qiyoslash ishlarini takomillashtirishda muhim rol o‘ynadi. Uning ishtirokida o‘tka­zilgan tadqiqot ishlari natijasida ko‘p­lab korxonalarda o‘lchov xatolari kamayib, mahsulot sifati oshdi. Ayniq­sa, uning yosh mutaxassislar tayyorlashga qo‘shgan hissasi alo­hida e‛tiborga loyiq. U 20 nafardan ortiq shogird tayyorlagan bo‘lib, ular bugungi kunda turli hududlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
     Atanazar Kenjayevichning fao­liyati amaldagi qonunchilik ya‛ni “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonun va tegishli qarorlar asosida tashkil etil­gan bo‘lib, u jamoada yuqori obro‘-e‛tiborga ega mutaxassis hisoblanadi. Uning mehnat intizomi, mas’uliyati va kasbiga sadoqati ko‘pchilikka ibrat bo‘lib xizmat qiladi.
     Ko‘p yillik samarali mehnati uchun u bir necha bor faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlangan. Uning hayot yo‘li yoshlar uchun namunadir. Oddiy muhandisdan bosh mutaxassis dara­jasigacha bo‘lgan yo‘l – mehnat­sevarlik va sabr namunasi hisoblanadi desak, mobolag‘a bo‘lmaydi.
     Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan soha fahriysi Ro‘zmetov Atanazar Kenjayevichni hamda barcha soha xodimlarini sa­mimiy tabriklaymiz.

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

  • АФИША

  • PR

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Алайская, 1

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.