(O´zbek) 15 maydan boshlab yana kimlarga ishlashga ruxsat berildi:

Извините, этот техт доступен только в “Узбекский”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

«Qizil» sektorda uskunalarni ta’mirlashga, «sariq» — parklarda, «yashil» — muzeylarda va boshqalarda ishlashga ruxsat berildi.

Spot ilgari yozganidek, 8- maydan boshlab, mintaqaning  rangiga qarab, muayyan harakatlarga ruxsat beriladi. 15 maydan boshlab ushbu ro’yxat kengaytirildi.

“Qizil” sektor

Individual hunarmandchilik;

• avtomobillar va qishloq xo’jalik texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish;

• elektron va maishiy texnikalarni ta’mirlash;

• ijara va lizing xizmatlari;

Buxgalteriya xizmatlari (audit, soliq maslahati va boshqalar).

“Sariq” sektor

“Qizil” sektorda ruxsat berilgan narsalarga qo’shimcha ravishda:

Ko’chmas mulk faoliyati;

• reklama va marketing;

• xususiy bandlik agentliklari;

• mehmonxonaning oshxonalarida ovqat tayyorlash va xonalarga yetkazib berish;

• istirohat bog’lari (attraksionlar, ko’ngilochar joylar va tez ovqatlanish joylari bundan mustasno). Istirohat bog’iga ikki kishidan ko’p bo’lmagan guruhlar uchun (faqat oila a’zolaridan tashqari) faqat 09:00 dan 20:00 gacha kirishga ruxsat beriladi.

“Yashil” sektor

“Qizil” va “sariq” sohalarda ruxsat berilgan narsalarga qo’shimcha ravishda:

• sun’iy qoplamali ochiq sport maydonchalariga (tashrif buyuruvchilar soni cheklangan bo’lishi kerak, ijtimoiy masofaga rioya qilinishi kerak, yechinish xonalari va dushdan foydalanish taqiqlanadi);

• kompyuter xizmatlari (skanerlash, matnlarni terish va bosib chiqarish, nusxa ko’chirish) va bosib chiqarishga;

• muzeylar (tashrif buyuruvchilar soni cheklangan bo’lishi, ijtimoiy masofani hisobga olish lozim)ga;

• veterinariya xizmatlariga;

Obodonlashtirish va binolarni saqlash xizmatlariga.

Avvalroq Spot karantin 1-iyungacha uzaytirilishini yozgan edi, ammo 18-maydan boshlab havo va temir yo‘l aloqalari ham qisman tiklanadi.
Манба: EVU BUSINESS

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

  • сделать заказ

    сделать заказ
  • АФИША

  • Реклама

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Матбуотчилар, 32

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.