(O´zbek) Zamonaviy sinov laboratoriyasi: innovatsiya va yuqori aniqlik sari

1/2026

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     Hurmatli soha fidoyilari, qadrli metrologlar!
     Sizlarni kasb bayramingiz – 20 may Butunjahon metrologiya kuni bilan O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish la­boratoriyasi jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz!
     Joriy yilda ushbu sana xalqaro mi­qyosda “Metrologiya: muhim qarorlar­ni qabul qilishda ishonchni mustah­kamlash” shiori ostida nishonlanmoq­da. Bu bejiz emas. Zero, har qanday strategik qaror – xoh u davlat bosh­qaruvi, jamoat xavfsizligi bo‘lsin, xoh energetika, ekologiya yoki iqtisodiy barqarorlik – barchasi aniq o‘lchashlar va ishonchli dalillarga tayanadi.
 
     Laboratoriya faoliyatida tarixiy burilish va zamonaviy bosqich
 
     Laboratoriyamiz faoliyati bugungi kunda sifat va xavfsizlikni ta‛minlash­ning muhim bo‘g‘iniga aylangan. Agar tarixga nazar tashlasak, avvallari maz­kur laboratoriya faqatgina 5 turdagi sinovlarni amalga oshirish bilan chek­langan edi. Bugungi kunda esa tizimli islohotlar natijasida ushbu sinov turlari 14 taga yetkazildi. Jumladan:
     1. Og‘irlik sinovlari.
     2. Gabarit o‘lchamlari sinovlari.
     3. Izolyatsiya mustahkamligini sinash.
     4. Elektr izolyatsiyasi qarshiligini sinash.
     5. Issiq iqlim sharoitida sinash.
     6. Sovuq havo harorati sharoitida sinash.
     7. Namlik sharoitida sinash.
     8. Birinchi raqamli xavfsizlik dara­jasida kirish qismlarini sinash (IP1X–IP6X).
     9. Ikkinchi raqamli xavfsizlik dara­jasida o‘tkazuvchanlikni sinash (IPX1–IPX8).
     10. Mavjud qopqoq qismlari va bo‘shliqlarni, sizish yo‘llarini tekshirish.
     11. Radioxalaqitlar talablariga sinash.
     12. Shovqin miqdorini o‘lchash.
     13. Iste‛mol quvvatini tekshirish.
     14. Tok sizib chiqishini tekshirish.
     Yaqin istiqbolda ushbu ko‘rsatkich­ni yana 2 taga oshirish, ya‛ni 16 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
     Bundan tashqari, laboratoriyada avtotransport vositalari oynalarining tusi o‘zgartirilgan qismlarining qoray­tirilganlik darajasini (yorug‘lik o‘tka­zuvchanligini) aniqlash bo‘yicha yangi turdagi sinov xizmatlari ham yo‘lga qo‘yildi.
     Yana bir muhim jihat – laborato­riyaning akkreditatsiya sohasi misli ko‘rilmagan darajada kengaydi. Avval­lari 21 ta ko‘rsatkich bo‘yicha sinovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 469 tani tashkil etmoqda. Bu esa xizmatlar ko‘lami va sifatining yuqori darajaga chiqqanidan dalolat beradi.
     Qolaversa, laboratoriyaning o‘z shaxsiy logotipiga ega ekani uning brendi va nufuziga bo‘lgan e‛tiborning ifodasidir.
     Har qanday texnika va uskuna orti­da, shubhasiz, inson mehnati turadi. Ushbu yutuqlarga erishishda labora­toriya xodimlarining hissasi beqiyos. Bugun laboratoriyamizda 6 nafar pro­fessional mutaxassis faoliyat yurit­moqda. Quvonarlisi, jamoada ilmiy salohiyatga ega 2 nafar mustaqil tad­qiqotchi, 1 nafar magistrant va 3 nafar yuqori malakali mutaxassis (bakalavr) soha rivoji yo‘lida samarali mehnat qilmoqda.
     Inson salomatligi va xavfsizligini ta‛minlash, o‘lchashlardagi xatoliklar­ning oldini olish yo‘lidagi xizmatlarin­giz tahsinga loyiq. Sizlarga mustahkam sog‘liq, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi ilmiy yutuqlar tilay­miz.
     Sizning bilim va mas’uliyatingiz – mamlakatimiz taraqqiyotining mus­tahkam kafolatidir!
 
     Bayramingiz muborak bo‘lsin!
     Hurmat bilan,
     O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi jamoasi
 
 
Najmiddin NURMUXAMEDOV, O‘lchash vositalari va texnik mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi boshlig‘i

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

  • АФИША

  • PR

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Алайская, 1

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.