Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Qashqadaryo filiali
So‘nggi yillarda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Qashqadaryo filiali hududda o‘lchashlar birligini taʼminlash, xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy metrologik infratuzilmani shakllantirish borasida izchil rivojlanib borayotgan ilgʼor tuzilmalardan biriga aylandi. Filial faoliyatining bosqichma-bosqich takomillashuvi, xalqaro talablarga moslashuvi va amaliyotga yo‘naltirilgan natijalari uning samaradorligini yaqqol namoyon etmoqda.
Аvvalo, filial tomonidan akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar alohida e‛tiborga loyiq. 2020-yildan boshlab harorat o‘lchovlarini qiyoslash imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Keyingi bosqichlarda esa fizik-kimyoviy, massa, geometrik va elektr o‘lchovlari bo‘yicha yangi yo‘nalishlar joriy etildi. Xususan, harorat o‘lchash ko‘lami 300 °C gacha yetkazildi, bosimni kalibrovka qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, hajm o‘lchash vositalarini (shisha idishlar) kalibrovka qilish imkoniyatlari yaratildi. Ushbu jarayonlar xalqaro ISO/IEC 17025 standarti talablari asosida shakllantirilgan sifat menejmenti tizimi doirasida amalga oshirildi.
Metrologiya xizmatlari sifatini ta‛minlashda moddiy-texnik bazani mustahkamlash muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda filialda zamonaviy yuqori aniqlikdagi uskunalar bosqichma-bosqich yangilanib kelinmoqda. Jumladan, harorat oʼlchovlari uchun termostatlar, geometrik o‘lchovlar uchun shtangentsirkullar va uch nuqtali nutromerlar, fizik-kimyoviy tahlillar uchun gaz aralashmalari xarid qilindi. 2025-yilda esa hajm o‘lchovlarini kalibrovka qilish uchun namunaviy tarozilar joriy etildi. Ushbu modernizatsiya ishlari o‘lchov natijalarining aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qildi.
Filial tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi ham kengayib bormoqda. Bugungi kunda manometrlarni 70 bar gacha kalibrovka qilish, gaz analizatorlarini qiyoslash, harorat (250 °C gacha), massa va hajm o‘lchov vositalarini tekshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa hududdagi sanoat korxonalari, ishlab chiqarish tashkilotlari va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamlashtirish yo‘nalishida ham filial faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, verifikatsiya jarayonlarini boshqarish tizimi ishlab chiqilib, unda shartnomalar reestrini yuritish, verifikatorlar faoliyatini monitoring qilish va avtomatlashtirilgan protokollarni shakllantirish imkoniyatlari yaratildi. Mijozlar bazasi, o‘lchov noaniqligini hisoblash tizimlari hamda “TRISS” milliy axborot tizimi orqali metrologik xizmatlar ko‘rsatish joriy etildi. Bu esa xizmatlar shaffofligi va samaradorligini oshirish bilan birga boshqaruv qarorlarini qabul qilishda aniq maʼlumotlarga tayanish imkonini bermoqda.
Bundan tashqari binoda kapital ta‛mirlash ishlari amalga oshirilib, yangi sinov uskunalari va zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlandi. Vaqt va chastota yoʼnalishida yangi xizmat – mexanik sekundomerlarni qiyoslash joriy etildi. Shu bilan birga kalibrovka laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazilib, bosim yoʼnalishida yangi imkoniyatlar yaratildi. Qiyoslash laboratoriyasi esa akkreditatsiya markazi tomonidan muvaffaqiyatli baholanib, massa o‘lchash ko‘lami 3000 kg gacha kengaytirildi.
O‘lchashlar aniqligi va ishonchliligini taʼminlash hamda sanoat tarmoqlarini sifatli metrologiya xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin egallaydi.
Leave a Reply