Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti respublika bo‘ylab 16 ta hududiy filial tarmog‘iga ega bo‘lib, ular sanoat, energetika, neft-gaz, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va tashqi savdo sohalarida o‘lchashlar yagona birligini ta‛minlashda muhim o‘rin tutadi.
“Hududdiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” bo‘limining hududiy filiallar rivojlanishining asosiy drayverlariga quyidagilar kiradi:
1. Milliy etalonlar bazasini kengaytirish;
2. Laboratoriya uskunalarini yangilash;
3. Muhandis-metrologlar malakasini oshirish;
4. Infratuzilmaviy modernizatsiya;
5. Laboratoriya akkreditatsiya doirasini kengaytirish;
6. Raqamlashtirish va kadrlar salohiyati hisoblanadi.

So‘nggi yillarda milliy etalonlar sonining o‘sishi, laboratoriyalar modernizatsiyasi va xalqaro hamkorlikning kuchayishi hududiy filiallar rivojiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari (OTM) bilan qo‘shma loyihalar ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida filial mutaxassislari tomonidan bir qancha elektr, bosim, geometriya, hajm va uskuna foydali modellar yaratildi va tijorat ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Asosiy maqsad — filiallar faoliyatini tizimli tashkil etish, samaradorligini oshirish hamda yuqori natijalarga erishish.
Timur YUSUPOV, Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi bo‘shlig‘i
Leave a Reply