(O´zbek) FERMERLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish zamonaviy texnika va samarali moliyaviy yechimlarsiz mumkin emas. “O‘zagrolizing” AJning mamlakat agrar sektorini yangilashdagi o‘rni haqida “Moliyaviy iqtisodiy tahlil va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik” bo‘limi boshlig‘i Elmurod Qurbonov bilan suhbatlashdik.

– Bugungi kunda qishloq xoʼjali gida raqobatbardoshlik koʼp jihat dan zamonaviy texnika bilan taʼ minlanganlik darajasiga bogʼliq. Аytingchi, soʼnggi yillarda agrotex nika parklarini yangilash boʼyicha qanday muhim natijalarga erishildi? – So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini texnik va texnolo gik jihatdan modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Davlatimiz rahbarining ag rar sohani rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida fermer va dehqon xo‘jaliklarini zamonaviy texnika bilan ta’minlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. “O‘zagrolizing” AJ tomonidan 2024–2025yillarda davlat kafolati ostida jalb qilingan mablag‘lar hiso bidan 12 mingdan ortiq zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregat lari lizing asosida yetkazib berildi. So‘nggi besh yilda esa fermer va klasterlarga qiymati 8,9 trln. so‘mlik 22 ming dona resurstejamkor texnika topshirildi. Bu agrotexnik tadbirlarni o‘z vaq tida bajarish, hosildorlik va mehnat unumdorligini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, texnika parkini yangilash darajasi yiliga 8–10 foizni tashkil etib, ta’minlanganlik ko‘rsatkichi 80,6 foizga yetdi. Shu bilan birga, texnikalarni lizing asosida yetkazib berishda mahalliylashtirish darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.        – Bugun fermerlar orasida qaysi turdagi texnikalarga talab yuqori va bu tendentsiya nimalar bilan izohlanadi? – Bugungi kunda fermerlar orasida yuqori unumli traktorlar, g‘alla o‘rish va paxta terish kombaynlari, ekish komplekslari, shuningdek, bog‘ dorchilik va chorvachilik uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnikalarga talab yuqori. Bu, avvalo, mehnat resurslari tan qisligi, agrotexnik tadbirlarni qisqa muddatlarda bajarish zarurati va ish lab chiqarish samaradorligini oshirish ehtiyoji bilan bog‘liq. Ayniqsa, paxta terish mashinalari va don o‘rish kom baynlariga talab yil sayin ortib bor moqda. Bu esa qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya darajasi yuksalayot ganidan dalolat beradi.  

– «Oʼzagrolizing» tomonidan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruv chilari uchun qanday imtiyozli va jozibador lizing shartlari taklif etil moqda?

– Bugungi kunda “Oʼzagrolizing” АJ tomonidan fermer va agrobiznes subʼektlariga qulay va bozor talabla riga mos lizing mahsulotlari taklif etilmoqda. Fermer va klasterlarga tex nika xarid qilish uchun 2 yillik im tiyozli davr bilan, 10 yilgacha lizing muddati boʼyicha imtiyozli shartlarda texnikalar yetkazilmoqda. Аsosiy maqsadimiz – texnika xa rid qilish imkoniyatini kengaytirish va fermerlarning investitsion faolli gini ragʼbatlantirishdan iborat. Davlatimiz rahbari tomonidan qulay shartli mablagʼlar jalb qilinishi boʼyicha qabul qilingan qarorlari natijasida lizing shartlari yengillash tirilishi qishloq xoʼjaligi korxonalari tomonidan ijobiy baholanmoqda.        

«Oʼzagrolizing» oldida turgan strategik vazifalar va yangi tashab buslar haqida so’zlab bersangiz.

  – “Oʼzagrolizing” АJ tomonidan keyingi yillarda agrar yoʼnalishdagi faoliyatning ustuvorligini taʼminlagan  holda lizing faoliyati yoʼnalishlarini diversifikatsiyalash va kengaytirish, zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan lizing xizmatlari tur larini va innovatsion moliyaviy mah sulotlarni joriy etish, lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari va xalqaro moliya institut larining mablagʼlarini toʼgʼridantoʼgʼ ri jalb etgan holda yangi lizing xiz mat turlarini koʼrsatish asosiy maq sad qilib olingan. Xususan, “Oʼzagro lizing” aksiyadorlik jamiyati hamda “Deere credit inc” oʼrtasida 10 mln. yevro miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb etish boʼyicha erishilgan kelishuv ushbu yoʼnalishdagi muhim qadamlardan biridir. Bugungi kunda «Oʼzagrolizing» oldida turgan asosiy strategik vazi fa – qishloq xoʼjaligini texnik jihatdan yanada modernizatsiya qilish, sohada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va fermerlarning zamonaviy texnikadan foydalanish imkoniyat larini kengaytirishdan iborat. Yaqin istiqbolda lizing jarayon larini toʼliq raqamlashtirish, texnika larni GPS va telematika tizimlari or qali monitoring qilish, onlayn muro jaat va moliyalashtirish xizmatlarini rivojlantirish hamda «yashil» texnolo giyalar uchun maxsus moliyaviy mahsulotlarni joriy etish rejalashti rilgan. Xulosa sifatida aytish mumkinki, «Oʼzagrolizing» nafaqat texnika yet kazib beruvchi moliyaviy institut, balki mamlakatimiz qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish va oziqovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qila yotgan tashkilotlardan biri sifati da faoliyat olib bormoqda.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Comments are closed.

  • AFFICHE

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Contacts

    1, Alay Street, Tashkent 100000 Uzbekistan

  • Subscribe To News

    (Русский) Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Any reproduction or use of excerpts from publications can be made only with the written consent of the publisher; when reprinting materials, a link to the source is required.