Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
O’quv muassasasi Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida joylashgan bo’ladi.
Hukumatning “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteridagi Farmatsevtika texnik universitetining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi.
Uning faoliyatini muvofiqlashtirish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, 2022−2023 o‘quv yilida talabalarni o‘qishga qabul qilish va o‘quv jarayonini boshlash uchun Universitet Klaster hududidagi yangi qurilayotgan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti binosida vaqtincha joylashadi.