Spot ilgari yozganidek, 8- maydan boshlab, mintaqaning rangiga qarab, muayyan harakatlarga ruxsat beriladi. 15 maydan boshlab ushbu ro’yxat kengaytirildi.
“Qizil” sektor
Individual hunarmandchilik;
• avtomobillar va qishloq xo’jalik texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish;
• elektron va maishiy texnikalarni ta’mirlash;
• ijara va lizing xizmatlari;
Buxgalteriya xizmatlari (audit, soliq maslahati va boshqalar).
“Sariq” sektor
“Qizil” sektorda ruxsat berilgan narsalarga qo’shimcha ravishda:
Ko’chmas mulk faoliyati;
• reklama va marketing;
• xususiy bandlik agentliklari;
• mehmonxonaning oshxonalarida ovqat tayyorlash va xonalarga yetkazib berish;
• istirohat bog’lari (attraksionlar, ko’ngilochar joylar va tez ovqatlanish joylari bundan mustasno). Istirohat bog’iga ikki kishidan ko’p bo’lmagan guruhlar uchun (faqat oila a’zolaridan tashqari) faqat 09:00 dan 20:00 gacha kirishga ruxsat beriladi.
“Yashil” sektor
“Qizil” va “sariq” sohalarda ruxsat berilgan narsalarga qo’shimcha ravishda:
• sun’iy qoplamali ochiq sport maydonchalariga (tashrif buyuruvchilar soni cheklangan bo’lishi kerak, ijtimoiy masofaga rioya qilinishi kerak, yechinish xonalari va dushdan foydalanish taqiqlanadi);
• kompyuter xizmatlari (skanerlash, matnlarni terish va bosib chiqarish, nusxa ko’chirish) va bosib chiqarishga;
• muzeylar (tashrif buyuruvchilar soni cheklangan bo’lishi, ijtimoiy masofani hisobga olish lozim)ga;
• veterinariya xizmatlariga;
Obodonlashtirish va binolarni saqlash xizmatlariga.
Avvalroq Spot karantin 1-iyungacha uzaytirilishini yozgan edi, ammo 18-maydan boshlab havo va temir yo‘l aloqalari ham qisman tiklanadi.
Манба: EVU BUSINESS