(O´zbek) Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning iqtisodiy-nazariy asoslari

1/2026

Извините, этот техт доступен только в “O´zbek”. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     Tadbirkorlik subyektlari iqti­sodiyotda qiymat yaratish­ning muhim manbai bo‘lib, ularning afzalligi – moslashuv­chanlik, bozorga tez kirish, mahalliy ehtiyoj va resurslarga yaqinlik, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini qisqa zanjirda tashkil eta olishidadir. Shu sababli tadbir­korlik subyektlarida resurslardan foydalanish samaradorligi nafaqat korxona darajasidagi boshqaruv masalasi, balki makroiqtisodiy bar­qarorlik, bandlik va hududiy rivoj­lanish uchun ham strategik ahamiyat­ga ega.
     O‘zbekiston sharoitida iqtisodiy resurslarning katta qismi tadbirkorlik subyektlari orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Kapital, mehnat, xomashyo, energiya va axborot re­surs­larining samaradorligi ko‘p jihat­dan aynan kichik korxonalar boshqa­ruviga bog‘liq.
     Resurslardan samarali foydalanish mavzusi O‘zbekistonda so‘nggi yillar­da amalga oshirilayotgan biznes mu­hitini yaxshilash, ruxsat berish tartib-taomillarini optimallashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish va moliyaviy xizmatlar inklyuziyasini ken­gaytirish kabi islohotlar bilan ha­mohangdir. Ushbu islohotlarning na­tijadorligi aynan kichik korxonalar resurslardan qanchalik unumli foyda­lanishi bilan o‘lchanadi.
     Tadbirkorlik subyektlari faoliya­tida resurslardan foydalanish sama­ra­dorligini tahlil qilish uchun statistik usullar, jumladan, regressiya va qiyo­siy tahlil usullaridan foydalanildi. Bu esa qayd etilmagan iqtisodiy oqim­larni aniqlashga yordam berdi.
     Tadbirkorlik subyektlarida iqtiso­diy resurslardan foydalanishni bosh­qarishni takomillashtirish uchun ish­lab chiqarish jarayonida texnologik, moddiy va mehnat resurslaridan foy­dalanish darajasini oshirishga qa­ratilgan tadbirlarni amalga oshirish lozim.
     Tadbirkorlik subyektlarining fao­liyat samaradorligi ulardagi resurs­larni boshqarish tizimini takomillash­tirishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu boshqaruv tizimini doimiy ravishda rivojlantirib borish xarajatlarni ka­maytirish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.
     Resurslarni oqilona boshqarish korxonalarning yalpi qo‘shilgan qiy­mat (YAQQ) yaratish qobiliyatini oshiradi va iqtisodiy o‘sishning mu­him omiliga aylanadi.
     2024-yilda kichik tadbirkorlik subyektlari yaratgan yalpi qo‘shilgan qiymat tarkibida xizmatlar (40,5 %) va qishloq xo‘jaligi (37,1 %) asosiy ulu­shni egallagan. Bu kichik korxo­nalar iste’mol bozoriga yaqin seg­mentlarda ustun ekanini ko‘rsatadi. Sanoat (12,8 %) va qurilish (9,6 %) tarmoqlarining nisbatan past ulushi esa kichik biznesning yuqori qo‘shil­gan qiymat yaratuvchi ishlab chi­qarish zanjirlariga integratsiyalashuvi hali sust ekanligini anglatadi (1-rasm).
     O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbir­korlik subyektlarining yalpi qo‘shilgan qiymat yaratishdagi hissasi tarmoqlar kesimida notekis taqsimlangan bo‘­lib, bu sektorning iqtisodiy samara­dorlik profilini belgilaydi. 2024-yilning birinchi yarim yilligi ma’lumotlariga ko‘ra (3-rasm), xizmatlar va qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik subyektlarining asosiy iqtisodiy tayanchi hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbir­korlik subyektlarining YAIM tarkibi­dagi ulushi resurslar taqsimoti va qiymat yaratish zanjiridagi samara­dorlikni aks ettiruvchi muhim indika­tor hisoblanadi.
     2016–2025-yillar oralig‘idagi di­na­mika tahlili (1-jadval) mazkur ko‘r­sat­kichning 66,8 % dan 52,2 % gacha pasayish tendensiyasini ko‘rsatadi. Ushbu holat kichik biznesning raqo­batbardoshligi pasayganini emas, balki iqtisodiyotda yirik investitsion loyihalar va bazaviy sanoat tarmoq­larining kengayishi hisobiga YAIMda­gi ulushlarning qayta taqsimlanishini anglatadi.
     Kichik biznes resurslardan sama­rali foydalanishining ijtimoiy natijasi bandlikda, tashqi bozor natijasi esa eksportda namoyon bo‘ladi.
     Milliy statistika qo‘mitasi ma’lu­motiga ko‘ra, 2010–2024-yillarda ki­chik biznesning jami bandlikdagi ulushi 73,9–78,2 % oralig‘ida bo‘lgan. 2020–2024-yillarda esa mos ravishda 74,5 %, 74,5 %, 73,9 %, 74,0 % va 74,5 % ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich kichik korxonalar mehnat resurslarini jalb qilishda asosiy institut ekanini ko‘rsatadi.
     Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadi­ki, 2010–2024-yillar oralig‘ida kichik biznes mamlakatimizdagi umumiy bandlik tizimining asosiy tayanchiga aylangan. 2020–2024-yillar kesimi­dagi dinamika (2-rasm) sektorning yuqori darajadagi barqarorligini namoyon etadi.
     Eksport bo‘yicha kichik tadbirkor­lik subyektlarining jami eksportdagi ulushi 2020-yilda 20,5 %, 2021-yilda 20,0 %, 2022-yilda 31,2 %, 2023-yilda 27,9 % va 2024-yilda 34,1 % bo‘lgan. Eksport ulushining oshishi resurslar­dan foydalanish samaradorligining amaliy natijasini ko‘rsatadi.
     Eksport dinamikasi tahlili 2020- yildagi 20,5 % lik ko‘rsatkichdan 2024-yildagi 34,1 % gacha bo‘lgan o‘sishni namoyon etmoqda. Xususan, 2022-yildan boshlab kuzatilgan kes­kin o‘sish tashqi bozorlarda sifat, xalqaro sertifikatlash va logistika tizimlarini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasi sifatida baholanadi.
     Bandlik va eksport ko‘rsatkich­larini birgalikda tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ko‘plab ish o‘rinlari yaratmoqda, biroq eksport ulushi bandlik ulushiga nisbatan ancha past. Bu esa mahsuldorlik, tex­nologik daraja va standartlarga mos­lashish masalalarini dolzarb etadi.
     O‘tkazilgan tahlillar kichik biznes­da resurslardan foydalanish samara­dorligini oshirish nafaqat korxona da­rajasidagi iqtisodiy vazifa, balki mak­roiqtisodiy barqarorlikni ta’min­lovchi tizimli omil ekanligini ko‘rsatdi.
     Birinchidan, raqamli transformat­siya kichik biznesda resurslar noaniq­ligini kamaytiradi. Biroq ko‘plab kor­xonalar raqamli texnologiyalarni joriy etishda moliyaviy resurslar tanqisli­giga duch kelmoqda. Bu esa davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini ken­gaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
     Ikkinchidan, resurslarni tejash va eksport hajmini oshirish o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Xalqaro bozorlarda raqobatbardosh­lik endilikda mahsulotning ekologik va energiya tejamkorlik darajasi bilan ham belgilanmoqda.
     Uchinchidan, klasterli yondashuv kichik korxonalar uchun resurslarni tejashning samarali mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Tahlillar klasterlar doi­rasida resurs almashinuvi logistika xarajatlarini 10–15 % ga qisqartirishini ko‘rsatmoqda.
     To‘rtinchidan, inson kapitalining ahamiyati yuqori. Eng ilg‘or texnolo­giyalar ham xodimlarda resurslarni boshqarish madaniyati shakllanma­gan bo‘lsa, kutilgan natijani bermay­di.
     O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida quyidagi yo‘nalishlar taklif etiladi:
     ● kichik biznesda resurslar sama­radorligini oshirish uchun ekotizimli yondashuvni shakllantirish;
     ● kichik biznesni ekstensiv rivoj­lanishdan intensiv rivojlanish bosqi­chiga o‘tkazish;
     ● innovatsiyalar va raqamlash­tirish orqali sifat ko‘rsatkichlarini oshirish;
     ● yuqori texnologik sanoat seg­mentlarida kichik biznesning inno­vat­sion salohiyatini rag‘batlantirish;
     ● eksportga yo‘naltirilgan sama­ra­dorlik mezonlari asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchay­tirish.
     Xulosa qilib aytganda, kichik kor­xonalarda resurslarni boshqarish tizi­mini modernizatsiya qilish O‘zbekis­ton iqtisodiyotini barqaror rivojlanti­rishning asosiy drayverlaridan biridir. Resurslardan foydalanish samarador­ligini oshirish nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy farovonlikni ta’minlash­ning ham muhim omili hisoblanadi.
 
Ilyos XASANOV, Oziq-ovqat texnologiyalari va muhandisligi xalqaro instituti Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

РЕКОМЕНДОВАТЬ ДРУЗЬЯМ

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

  • АФИША

  • PR

  • АРХИВ НОМЕРОВ ЖУРНАЛА

  • Контакты

    Узбекистан, 100000, г. Ташкент, ул. Алайская, 1

  • Подписка на новости

    Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Любое воспроизведение или использование выдержек из публикаций может быть произведено только с письменного согласия редакции; при перепечатке материалов обязательна ссылка на источник.